Fuqarolar ma’muriy huquqiy munosabatlarning sub’ekti sifatida. Fuqarolar ma’muriy huquqiy munosabatlarning sub’ekti sifatida: o‘zlarining shaxsiy huquqlari va burchlarini davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirib, xususiy shaxslar sifatida ishlovchi fuqarolar ham ma’muriy–huquqiy munosabatlarning sub’ektlari bo‘lishlari mumkin. Fuqarolar ishtirokidagi ma’muriy huquqiy munosabatlar quyidagi munosabatlar 6ilan paydo bo‘lishi mumkin: qonun 6uyicha fuqarolarga tegishli huquqni davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirish; davlat boshqaruvi sohasida fuqarolarga yuklangan majburiyatlarni bajarish; davlat boshqaruv sohasida o‘z majburiyatlarini buzish; boshqaruv organlari yoki ularning mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qatnashishi uchun fuqaro ma’muriy huquqiy layoqatga va muomala layoqatiga ega 6o‘lishi kerak.
Ma’muriy huquqiy layoqat - bu ma’muriy huquq va majburiyatga ega bo‘lish qobiliyatidir. U odam dunyoga kelgan paytdan paydo, bo‘lib, umrining oxirigacha davom etadi.
Respublikamizning barcha fuqarolari teng hajmda huquqiy layoqat qobiliyatiga egadirlar. Biroq, ayrim fuqarolar uchun, qonunda nazarda tutilgan hollarda, ushbu layoqat qisman yoki vaqtincha chegaralangan bo‘lshi mumkin. Masalan, ma’muriy huquqbuzarlik qilganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda fuqaro unga maxsus berilgan huquq (trancport vositalarini boshqarish huquqi, ov qilish huquqi)dan vaqtincha mahrum qilish mumkinligi nazarda tutiladi.
Ma’muriy muomala layoqatga ega bo‘lish-bu o‘z xatti-harakati bilan ma’lum huquqni egallash va davlat boshqaruvi sohasida o‘ziga yuklangan majburiyatlarni bajarish qobiliyatidir. Muomala layoqati, odatda, fuqaro 18 yoshga to‘lganda paydo bo‘ladi. Lekin ayrim hollarda u erta ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, 16 yoshga etgan shaxslar ma’muriy huquq sub’ektlari bo‘lishlari mumkin.
Ayrim fuqarolar qisman yoki to‘la ravishda muomala layoqatiga ega emas, deb topilishi mumkin. Masalan, ma’muriy qonun buzishlarni o‘zini bilmaydigan holatda sodir etgan shaxslar ma’muriy huquqbuzishlar sub’ektlari hisoblanmasliklari belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar ishtirokidagi ma’muriy-huquqiy munosa6atlar ham o‘zlarining tashabbusiga ko‘ra, ham davlat boshqaruvi organlari, mansabdor shaxslar yoki tegishli davlat-ma’muriy vakolatlari berilgan jamoat birlashmalari vakillari tashabbusiga ko‘ra paydo bo‘ladi.
Fuqarolar ishtirokidagi ma’muriy-huquqiy munosabatlarning mazmuni bo‘lib ularning huquqlari, erkinliklari va davlat boshqaruvi sohasidagi majburiyatlari hisoblanadi. Ko‘pincha ular davlat va jamoat ishlarini boshqarishda, umumdavlat na mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan qonunlar hammma qarorlarni muhokama qilish va qabul qilishda qatnashish, davlat va boshqaruv organlariga ularning ishlarini yaxshilash to‘g‘risida takliflar kiritish, davlat xizmatida bo‘lgan holda davlat vazifalari va funksiyalarini bajarishda bevosita ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o‘z ishini: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan, hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislaridagi, boshqa muhit tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek ko‘rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni amalga oshirishga yo‘naltiradi.
Vazirlar Mahkamasining ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida choraklik rejalarga muvofiq olib boriladi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Davlat boshqaruvining markaziy organlariga nisbatan Vazirlar Mahkamasi rahbar organ hisoblanadi.
Mazkur markaziy boshqaruv organlari Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysungan holda o‘zlariga topshirilgan davlat boshqaruv tarmog‘iga rahbarlik qiladilar. Bu organlar rahbarlari o‘zlariga berilgan vakolat doirasida, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari asosida hamda ularning ijrosini ta’minlash maqsadida buyruq va yo‘riqnomalar chiqaradi, ularning ijrosini nazorat qiladi. Hukumat har qanday respublika markaziy boshqaruv organining hisobotini tinglashi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo‘yilgan o‘z tarkibiga ega. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Xulosa qilib aytganda, Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi hamda uni vazifasidan ozod qiladi. Vazirlar Mahkamasining a’zolarini Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi va vazifasidan ozod qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: “O‘zbekiston”, 2014.
I.Karimov. YUksak ma’naviyat-engilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”. 2008.
I.A.Karimov. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-tom. T.: “O‘zbekiston”, 1996.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. T.: “O‘zbekiston”, 2002.
O‘zbekiston Respublikasi “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonuni. 29.08.2003.
“O‘zbekistonning Respublikasining kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni. O‘zbekistonning yangi qonunlari. 6-son. T.: “Adolat”, 1993.
O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”. T.: “Adolat”, 2016.
Alimov X.R. “Ma’muriy huquq”. Darslik. T.: “Adolat”, 1995y.