Buxoro-2023 Reja: Ma’muriy huquqiy munosabatlar tushunchasi va ulaming o’ziga xos xususiyatlari.
Ma’muriy huquqiy munosabatlaming turlari.
Ma’muriy huquqiy munosabatlaming sub’ektlari va ob’ektlari.
Ma’muriy huquqiy munosabatlaming yuzaga kelishi, o’zgarishi va bekor bo’lishi asoslari.
Ma’muriy-xuquqiy munosabatlar - bu ma’muriy xuquq normalarga asoslangan munosabatlardir. Ular sub’ektlarning huquq va majburiyatlari asosida vujudga keladi.
Prezident, uning tarkibiy bo‘limlari, mansabdor shaxslar va davlat apparatining boshqa xizmatchilari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ularning bo‘limlari va xodimlari, shuningdek Respublika fuqarolari, xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, foyda olishni maqsad qilib olmagan fuqarolarning birlashmalari sub’ektlar bo‘lib hisoblanadi.
“Boshqaruv sub’ekti”, “Ma’muriy huquq sub’ekti” va “Ma’muriy-huquqiy munosabatlar sub’ekti” tushunchalarini farqlash kerak. Ma’muriy huquq sub’ekti umumiy tarzda (fuqaro, davlat boshqaruv organi), huquqiy munosabatlar sub’ekti aniq tarzda belgilanadi.
Boshqaruv sub’ekti ostida ma’muriy huquq normalari boshqariladigan ob’ektlar faoliyatini tashkil etish vazifasini yuklaydigan organlar va mansabdor shaxslar tushuniladi. SHu bilan bir vaqtda ular boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va boshqariladigan ob’ektlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan huquqiy munosabatlarning sub’ektlari ham bo‘ladilar.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning paydo bo‘lishi, o‘zgarishi, to‘xtatilishi ko‘pincha boshqaruvning xuquqiy hujjatlari nashr etilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq ular boshqariladigan ob’ektlar va fuqarolar (ariza, shikoyat, taklif) tashabbusi bilan ham paydo bo‘lishi mumkin.