Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 11-noyabr. https://lex.uz/docs/5100705
Dasturda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish va Qoraqalpog‘istonning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholining barqarorligini mustahkamlashda ko‘p o‘lchovli yondashuvning ahamiyati ta’kidlanadi.38 BMTning ilk qo‘shma dasturidan olingan tajriba va saboqlarga tayanib, BMTning O‘zbekistondagi beshta agentligi, shu jumladan, BMTTD, YuNESKO, YuNISEF, YuNFPA va BMT ko‘ngillilari birgalikda “Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash» bo‘yicha dasturning ikkinchi bosqichini hukumat bilan hamkorlikda amalga oshirib kelmoqda. Mazkur dastur Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarni bartaraf etish va mintaqadagi zarar ko‘rgan hududlarda yashovchi aholi turmush darajasini yaxshilashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Hukumati siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan. Qo‘shma dastur o‘z faoliyatini
BMT agentliklari, O‘zbekiston hukumati, Shveytsariyaning rivojlanish va hamkorlik agentligi va BMTning inson havfsizligi bo‘yicha maqsadli fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshirib kelmoqda.
Qo‘shma dastur inson xavfsizligiga dahldor bo‘lgan o‘zaro bog‘liq xavflarni kamaytirishga va Orol dengizi fojiasi oqibatida zarar ko‘rgan aholining barqarorligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.
Bunda integratsiyalashgan va ko‘p bosqichli yondashuv qo‘llanilib, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi joriy qilindi.
BMTning qo‘shma dasturi, Orol fojiasi natijasida zarar ko‘rgan shaxslar va jamoalar yuz tutishi mumkin bo‘lgan, inson xavfsizligi bo‘yicha muammolarni hal etishda samarali bo‘lgan inson xavfsizligi konsepsiyasini birlashtiradi. Qo‘shma dastur tarkibiy jixatdan o‘ziga xos bo‘lgan, mavjud mahalliy aktivlar va resurslarga tayanuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini oshirishga mo‘ljallan- gan.
Orolbo‘yi mintaqasidagi falokatdan zarar ko‘rgan aholining inson xavfsizligiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishning muhim omillaridan biri, bu asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir. 2012-yildan buyon, qishloq joylardagi infratuzilmani rivojlantirish va daromadlarni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi:
57 ta aholi punktida istiqomat qiluvchi 55 mingdan ortiq qishloq aholisi (49,5% ayollar) ning turmush darajasini ko‘tarish maqsadida, ichimlik suvi, elektr energiyasi va sog‘liqni saqlash, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim sohalari kabi asosiy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan 50 ta kichik infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirildi;
200 ta inklyuziv biznes-loyihalar va ko‘rgazma uchastkalari yaratilishi qo‘llab-quvvatlanib, asalarichilik, tikuvchilik va hunarmandchilik, oziq-ovqat va sutni qayta ishlash, non mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqalarni o‘z ichiga olgan sohalarda 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari (46% ayollar) yaratildi. Shimoliy tumanlarda yashovchi aholi, mazkur maqsadli loyihalardan bevosita yoki bilvosita manfaatdordirlar;
sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilib, mahalliy aholi o‘rtasida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha xabardarolikni oshirish darajasi yaxshilandi. Shifokorlar, hamshiralar va boshqa shu soha mutaxassislari ayollar reproduktiv salomatligi, oilani rejalashtirish va sil kasalligi bilan og‘rigan insonlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lish va ularni kamsitilishi bo‘yicha huquqiy muammolarni hal qilish bo‘yicha salohiyatlarini oshirdilar. Jamoatchi ko‘ngillilari sil kasalligiga
qarshi tadbirlar tashkillashtirish va mahalliy aholi o‘rtasida kasallik haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Tadbirlar beshta tumanda joylashgan 32 000 xonadonda yashovchi 128 ming aholini o‘z ichiga qamrab oldi. Shu bilan birga, mahalliy aholi vakillaridan qo‘shimcha 1000 nafar ko‘ngillilar (95,3% ayollar) nafas olish, yurak-qon tomir va oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish, xususan, ona va bolaning salomatligini yaxshilash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Tadbirda, Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida istiqomat qiluvchi 9 000 dan ortiq aholi vakillari qamrab olindi;
Qoraqalpog‘istonga investitsiya kiritish bo‘yicha Qo‘llanma chop etilib, keng omma e’tiboriga taqdim etildi va mintaqada investitsiya kiritish imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot berildi.
Dastur va uning natijalari, turli hildagi BMT agentliklari, hukumat organlari, xalqaro tashkilotlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning Orolbo‘yi mintaqasi inqirozining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha turli vositalarni izlash, ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan sayi-harakatlarining samarasidir.
Hukumat organlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar va BMTning qo‘shma dasturi Orol inqirozining salbiy oqibatlaridan zarar ko‘rgan mahalliy aholiing holatini bir muncha yaxshilagan bo‘lsada, ammo bu ofatning ko‘lami hamon jiddiy bo‘lib qolmoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Hukumatining tashabbusi bilan “Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi” innovatsion yondashuvlarni ta’minlash va insonlarga doimiy e’tiborni jalb qilish hamda harakatlarni yanada muvofiqlashtirish va hamjihatlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi dunyo miqyosida inson tomonidan yuzaga kelgan eng yirik ekologik ofatlardan birining oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘p tarmoqli va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va mustahkamlash maqsadini o‘z ichiga oluvchi, va shu bilan birga moslanuvchan,
dalil va inson huquqlariga asoslangan jamg‘arma bo‘lishni maqsad qilib qo‘ygan. Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi barqaror natijalarga erishish maqsadida, yordam oqimlarini muvofiqlashtirish va davlatning salohiyatini oshirishga qaratilgan izchil strategiya bilan ta’minlaydi.
Natijalarning ustuvorligi, rivojlantirish bo‘yicha hamkorlarning hamkorligi va ko‘rsatilyotgan ko‘makning shaffofligi bo‘yicha faol hamkorlik bo‘yicha Pusan hamkorlik dasturi tamoyillariga muvofiq, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasining vazifasi rivojlanish chora- tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasiga ijobiy hissa qo‘shishdan iboratdir.
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasining boshqaruv tizimi samarali va mahsuldor qaror qabul qilish va monitoring tizimini yaratishga ko‘mak berib, bu o‘z navbatida tartibli taqsimlash jarayonlari va javobgarlikning aniq talablarini ta’minlab berdi. Boshqaruv tizimlari inklyuzivlik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillari asosida yaratilgan bo‘lib, ular dunyo bo‘ylab o‘z ahamiyatini isbotladilar.
2020-yil 1-dekabr kuni BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psherikli trast jamg‘armasi (IXKShTJ) Maslahat qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xorijiy davlatlar, shuningdek ularning O‘zbekistondagi diplomatik missiyalari, BMT agentliklari, O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralar, xalqaro moliya institutlari, nodavlat tashkilotlar, shuningdek, 30 dan ortiq mamlakatlardan fuqarolik jamiyati institutlarining 120 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar.
Orolbo‘yi mintaqasida kredit va grant loyihalarini amalga oshiruvchi yoki ko‘rib chiquvchi barcha donor va manfaatdor tomonlarni o‘z ichiga olgan Maslahat qo‘mitasi IXKShTJ boshqaruv tuzilmasining rasmiy qismi hisoblanadi va samarali strategik muloqot, birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish va Jamg‘arma faoliyatining operatsion, dasturiy va moliyaviy jihatlarini muvofiqlashtirish uchun yagona integratsiyalashgan hamkor platforma vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, Qo‘mita vazifalariga donorlik mablag‘larining samarali taqsimlanishini ta’minlash va sinergetik ta’sirni ta’minlash orqali: “Orolbo‘yi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” konsepsiyasini amalga oshirish kiradi.
NAZORATSAVOLLARI: Global iqlim o‘zgarishlari Markaziy Osiyo hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qanday ta’sir etmoqda?
Orol bo‘yi hududlarining turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun tabiiy, mineral-xom ashyo resurslaridan foydalanishda qaysi omillarga e’tibor qaratiladi?
Global iqlim o‘zgarishlari va uning Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ta’siri va xavf-xatari nimadan iborat?
XXI asrning eng asosiy muammolaridan iqlimning global o‘zgarib borishi va uning atrof-muhitga ta’sirini qanday baholaysiz?
Tabiiy iqlim o‘zgarishlarini bilish inson faoliyatiga qanday ta’sir etadi?
O‘zbekiston va unga tutash hududlarda iqlim o‘zgarishining oqibatlarini qanday baholaysiz?
Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik fojiani bartaraf etish borasida olib borilayotgan islohotlar nimadan iborat?
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni qanday baholaysiz?
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash istiqbollari nimadan iborat?
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklikni rivojlantirish yo‘llari nimadan iborat?
Qoraqalpog‘iton hududida aholining ichimlik suv ta’minoti qanday, izohlab bering?
Orolbo‘yi hududida yashil hududlarni tashkil qilish qaysi me’yoriy hujjatlar bilan amalga oshiriladi?