Statistik ma’lumotlarga
asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respub- likasining yalpi hududiy ishlab chiqarishdagi yaratilgan mahsulot hajmining tendensiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2010-yilda 113,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil yakunlariga ko‘ra 106,8 foizni tashkil etgan holda, 2010-yilga nisbatan 6,6 foizgacha kamaygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu
jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan
samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish
vazifalari belgilab olindi37.
Mamlakatimiz rahbari 2017-yil fevral oyida 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Hujjatda global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizining qurishi salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rishning ahamiyati qayd etilgan. Shu maqsadda Prezident 2017-yil 18-yanvarda “2017-2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasini oshirish, kanalizatsiya, sanitariya va maishiy chiqindilardan foydalanish tizimlarini yaxshilash; mintaqada yashovchi aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirishni davom ettirish; mintaqa aholi punktlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, sug‘orish tarmog‘ini takomillashtirish va zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish nazarda tutiladi.
2018-yilning noyabr oyida BMTning Nyu-Yorkdagi shtab- kvartirasida «Barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda strategiyalar kompleksi yo‘nalishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka ko‘maklashish» yuqori darajadagi maxsus tadbiri bo‘lib o‘tdi va unda BMT Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi (KTShATF) faoliyati rasman yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz 2018-yil 27-noyabrda Toshkentda BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi va u O‘zbekiston rahbarining Orolbo‘yi mintaqasi uchun KTShATFni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi Xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev bilan Toshkentdagi uchrashuvda biz keng ko‘lamli masalalar bilan bir qatorda, jumladan, Orol dengizidagi tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashish uchun xalqaro donorlar hamjamiyatining sa’y-harakatlari va resurslarini jalb qilishni ham muhokama qildik, - dedi janob Pan Gi Mun.
2018-yilning dekabr oyida Prezident Mo‘ynoqqa tashrif buyurdi va vaziyatni yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashrif natijasida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvarda “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining Mo‘ynoqqa tashrifi chog‘ida Orol dengizining qurib qolgan tubiga himoya o‘rmon o‘simliklarini ekishni tezlashtirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi. 2018- yilning dekabr oyida 2019-yil oxiriga qadar 1 milliondan ziyod gektar maydonni qamrab olish maqsadidagi ishlar boshladi.
2019-yilning 1-apreliga qadar jami o‘rmon ekish ishlari rejalashtirilgan 500 ming gektar maydondan 451,6 gektariga o‘simliklar ekildi. Bu chora-tadbirlar o‘simliklar bioxilma- xilligini tiklash va chorvachilik uchun bazani rivojlantirish hamda yo‘qolib borayotgan noyob faunani saqlab qolish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini bermoqda. Shuningdek, Tiklanish orolidagi sobiq dala tadqiqotlari biolaboratoriyasi binolarini buzib tashlash va u yerda kelgusida “yashil ko‘kalamzor” barpo etish loyihasi ham tayyorlangan.
Joriy yilning yanvar oyida yashil maydonlarni ekish qayta tiklandi. Tadbirda mamlakatimizning yosh avlodi va Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ishtirok etdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxon Xudoybergenov Yoshlar jamoalari bilan uchrashdi,
shaxsiy namuna qursatib, mehmonlarni ko‘chat o‘tqazishda ishtirok etishga taklif qildi. Albatta, yoshlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shishmoqda.
Bundan tashqari, 2018-yilning avgust oyida Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasining ta’sis etuvchi davlatlar rahbarlarining so‘nggi o‘n yil ichidagi ilk sammiti bo‘lib o‘tdi va bu Orol dengizi muammolarini hal etishga yangi turtki berdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoev agar ular hayotga tatbiq etilsa, mintaqadagi ekologik noqulay vaziyatni tubdan yaxshilovchi qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Dostları ilə paylaş: