12-Mavzu iqlim o‘zgarishi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#202019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atrof-muhit M-11 (12)

12-Mavzu IQLIM O‘ZGARISHI



Iqlim o‘zgarishi.


Iqlim o‘zgarishlari haqida.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha siyosiy muzokaralar.

12.1. Iqlim o‘zgarishi

Atmosfera, okeanlar, kriosfera, quruqlik yuzasi va biosfera orasidagi bog‘liqlikning vaqt masshtabi 100-109-yillarga teng bo‘lishi mumkin. Masalan, atmosfera va okeanning o‘zaro ta’sirlashuvi 100-102-yilni tashkil etadi. Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, iqlim o‘zgarishi istalgan geologik davrda ro‘y berishi mumkin.


Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasining o‘sishi tabiiy issiqxona effektining kuchayishiga va Yer yuzasining isishiga olib keldi. Agar tegishli chora ko‘rilmasa, kelgusi yuz yillikning har o‘n yilligida harorat 0,3 °C ga ortadi. Isish o‘z navbatida qutblardagi muzliklarning erishiga va Dunyo okeani sathining ko‘tarilishiga olib keladi: 2030 yilga borib, dunyo okeani sathi o‘rtacha 20 sm ga, XXI asr oxirida esa 65 sm ga ko‘tariladi (Ososkova va b., 2005).
Bashoratlarga ko‘ra, butun dunyoda yog‘in miqdorining ortishi kutiladi, lekin, shunga o‘xshash tendensiyalarning mahalliy miqyosdagi ishonchliligi ancha past. Ehtimol, XXI asrning ikkinchi yarmida shimoliy yarim sharning o‘rta va yuqori kengliklarida hamda Antarktikada qishki yog‘inlar miqdori ortadi. Tropiklarda esa, ishlab chiqilgan modellarga ko‘ra, ayrim hududlarda yog‘in miqdori ortsa, boshqa joylarda kamayadi. Avstraliya, Markaziy Amerika va Afrikaning janubiy qismida esa qishki yog‘inlarning kamayishida barqaror tendensiya kuzatiladi.

Yuqori kengliklarda, yilning qish vaqtida yomg‘ir va qorning ko‘p yog‘ishi tuproqning yuqori darajada namlanishiga olib keladi. Lekin, yozda haroratning yuqori bo‘lishi tuproq namligining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Tuproq namligining mahalliy o‘zgarishlari, albatta, qishloq xo‘jaligi uchun juda muhimdir, lekin iqlimiy modellar yordamida ularni prognoz qilish bugungi kunda ham ancha murakkab hisoblanadi. Hatto tuproq namligining yoz davrlaridagi global o‘zgarishining ishorasi-ortishi yoki kamayishi ham noaniq bo‘lib qolmoqda.
Ehtimol, ekstremal ob-havo hodisalarining takrorlanishi va jadalligi ham o‘zgaradi. Kutilayotganidek, o‘rtacha global haroratning ko‘tarilishi bilan issiq kunlar va issiq to‘lqinlar ortadi hamda sovuq kunlar soni va sovuq davr kamayadi. Iqlimiy modellar ham bir-biriga mos ravishda ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik regionlarda ekstremal ob-havo hodisalari tez-tez takrorlanadi. Bu esa kontinental rayonlarda yoz mavsumi davomida qurg‘oqchilik havfining ortishiga olib keladi.
Yana shunday faktlar ham mavjudki, ulardan ma’lum bo‘lishicha, ayrim regionlarda kuchli shamol va jala yomg‘irlar bilan birgalikda kechadigan qattiq bo‘ronlar va dovullar tez-tez qaytariladi. Iqlimning tez va to‘satdan o‘zgarishini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Lekin, dengiz sathining katastrofik ko‘tarilishiga olib keladigan, G‘arbiy Antarktika muz qalqonining parchalanishiga o‘xshash juda keskin o‘zgarishlarning XXI asr davomida bo‘lish ehtimoli juda kichikdir.
Hududiy miqyosda iqlimga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan okean sirkulyatsiyalarining o‘zgarishi (masalan, Yevropani isitadigan Golfstrimning susayishi) bir necha o‘n yilliklardan keyin ro‘y berishi mumkinligi haqidagi faktlar ham mavjud. Lekin, shunga o‘xshash o‘zgarishlarning issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar ta’siridagi isish sababli ro‘y berishi mumkinligi hozircha noma’lum. Golfstrimning kuchsizlanishini ko‘rsatadigan iqlimiy modellar ham kelajakda butun Yevropa miqyosida isish bo‘lishidan darak bermoqda.

Yer iqlimi hozirning o‘zidayoq o‘tmishdagi issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar chiqindilariga «moslashmoqda». Iqlimiy tizim global energetik balansni saqlash uchun ham issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasiga «ko‘nikishi» lozim. Bu iqlim o‘zgarmoqda va bu jarayon issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar miqdorining o‘sishi mobaynida davom etaveradi deganidir. Bugungi kunda olimlar doimiy ravishda boyib borayotgan ma’lumotlar bazasining global isishning umumiy ko‘rinishlarini tasdiqlayotganligiga hamda iqlimiy sistemadagi boshqa o‘zgarishlarga ishonch hosil qilganlar.
O‘lchashlar natijasida olingan ma’lumotlar o‘rtacha havo haroratining XIX asr oxiridan buyon 0,6 ± 0,2 °C ga ko‘tarilganini qayd etmoqda. Bu kuzatishlar iqlimning hozirgi kungacha bo‘lgan isish darajasini prognozlashda foydalaniladigan modellar asosida tuzilgan prognozlar bilan mos tushadi.
Ta’kidlash lozimki, aerozollarning sovituvchi ta’siri hisobga olinganda moslik yanada ortadi. Asosiy isish 1910-1940-yillarda kuzatilgan hamda 1976-yildan shu kungacha davom etmoqda. Ehtimol, shimoliy yarim sharda (tegishli tahlilni amalga oshirishga imkon beradigan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan mintaqada) XX asrdagi isish sur’atlari va davomiyligi oxirgi ming yildagi har qanday davrga nisbatan katta bo‘ldi. Bundan tashqari, 1990-yillar ming yillikning eng issiq o‘n yilligi, 1998-yil esa eng issiq yil bo‘lganga o‘xshaydi.
Bu davrda dengiz sathi o‘rtacha 10-20 sm ga ko‘tarildi. Chunki, okeanlar yuqori qatlamlarining isishi bilan suv kengayadi, dengiz sathi esa ko‘tariladi. Modellar asosida tahmin qilish mumkinki, haroratning bugungi kungacha 0,6°C isishining o‘zi dengiz sathining hozirgi kundagi ko‘tarilishiga olib kelishi kerak edi. Lekin, boshqa ya’ni, prognozlash uchun ancha murakkab bo‘lgan o‘zgarishlar, ayniqsa, kuchli qor yog‘ishi, Grenlandiya hamda Antarktikadagi muzlarning erishi, shimoliy materiklarning ko‘p asrli muzliklardan asta-sekin “xalos” bo‘la borishi ham real va tassavur qilinayotgan dengiz sathiga ta’sir ko‘rsatadi.

1960-yillarning oxiridan buyon qor qoplami qalinligi shimoliy yarim sharning o‘rta va yuqori kengliklarida 10 % ga kamaygan. XX asr davomida ko‘llar va daryolarda yillik muzlash davri tahminan ikki haftaga qisqarganligi ehtimoldan holi emas. Mana shu vaqt mobaynida, qutbdan tashqari, ko‘pchilik regionlardagi mashhur tog‘ muzliklarining deyarli barchasi chekindi.
Oxirgi o‘n yillikda Arktikada bahor va yoz vaqtlarida muz qoplamining davomiyligi 10-15 % ga, muzning qalinligi esa yozning oxiri va kuzning boshida 40 % ga kamaydi. Dunyoning ko‘plab regionlarida yog‘inlar miqdorining ortishi kuzatilmoqda. Har o‘n yillikda shimoliy yarim sharning o‘rta va yuqori kengliklaridagi ko‘plab rayonlarida yog‘in miqdorining 0,5-1,0 % ga ortishi kuzatilmoqda. Bu holat bulut qoplamining 2 % ga ortishi sharoitida ro‘y bermoqda. Quruqlikning tropik rayonlarida, 10° shimoliy kenglik va 10° janubiy kengliklar oralig‘ida ham, aytish mumkinki, atmosfera yog‘inlari miqdori har o‘n yillik davomida 0,2-0,3 % ga ko‘paymoqda.
Ikkinchi tomondan, XX asr davomida shimoliy yarim sharning subtropik rayonlarida, ya’ni o‘ninchi va o‘ttizinchi shimoliy parallellar orasida yog‘in miqdorining har o‘n yillik davomida 0,3
% ga kamayishi qayd etildi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda Afrika va Osiyoning ayrim qismlarida qurg‘oqchilikning takrorlanishi va jadalligi ortdi (Chub, 2000, 2007).


Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin