Agroiqlimiy okruglar va rayonlar bo‘yicha o‘rtacha mavsumiy havo haroratining o‘zgarishi (1-2005-2010-yillar,
2-2020-2030-yillar)29
Okruglar
|
Rayon- lar
|
Qish
|
Bahor
|
Yoz
|
Kuz
|
1
|
2
|
1
|
2
|
1
|
2
|
1
|
2
|
Ustyurt, Shimoliy Qoraqum
|
1,4
|
1,0
|
2,0
|
0,5
|
1,0
|
0,5
|
1,2
|
0,7
|
1,5
|
Orol
|
2,3
|
1,3
|
2,8
|
0,5
|
0,9
|
0,8
|
1,6
|
0,8
|
1,3
|
Quyi Amudaryo
|
5
|
1,0
|
2,7
|
0,2
|
0,6
|
0,5
|
1,0
|
0,4
|
0,6
|
Qizilqum
|
6-8
|
1,0
|
2,5
|
1,0
|
1,3
|
0,4
|
0,9
|
0,2
|
0,5
|
9-10
|
1,0
|
2,5
|
0,1
|
0,2
|
0,2
|
0,7
|
1,6
|
2,2
|
Sandiqli
|
11
|
1,1
|
1,9
|
0,1
|
0,2
|
0,1
|
0,3
|
0,3
|
1,4
|
Chirchiq- Ohangaron
|
12-14
|
0,7
|
1,7
|
0,2
|
0,4
|
0,4
|
0,8
|
0,6
|
1,9
|
O‘rta Sirdaryo
|
15-17
|
0,5
|
0,5
|
0,1
|
0,3
|
0,3
|
0,7
|
0,4
|
1,1
|
18-19
|
0,6
|
21,
2
|
0,2
|
0,4
|
0,1
|
0,2
|
0,3
|
0,7
|
Farg‘ona
|
20-26
|
0,7
|
1,6
|
0,3
|
0,8
|
0,6
|
1,0
|
0,7
|
2,0
|
Zarafshon
|
27-29
|
0,4
|
1,0
|
0,4
|
1,0
|
0,4
|
1,0
|
0,6
|
0,9
|
Qashqadaryo
|
30-31
|
0,5
|
1,2
|
0,6
|
1,4
|
0,3
|
0,8
|
0,7
|
1,6
|
Surxondaryo
|
32,33
|
0,6
|
1,5
|
0,1
|
0,4
|
0,2
|
0,2
|
0,2
|
0,6
|
Izoh: okruglar (rayonlar nomeri): 1-Ustyurt, 2,3-Orol, 4-Shimoliy Qoraqum, 5-Quyi Amudaryo, 6-10-Qizilqum, 11-Sandiqli, 12-14-Chirchiq- Ohangaron, 15-19-O‘rta Sirdaryo, 20-26-Farg‘ona, 27-29-Zarafshon, 30-
31-Qashqadaryo, 32-33-Surxondaryo.
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, cho‘l va chala cho‘l yaylovlari, Quyi Amudaryoning sug‘oriladigan dehqonchilik rayonlari hamda Chirchiq-Ohangaron agroiqlimiy rayonlar guruhi uchun sezilarli darajadagi qishki isish xosdir. Bahorgi isish esa respublika shimolidagi yaylovlarda va Qizilqum okrugi rayonlari hamda Zarafshon va Qashqadaryo okrugining sug‘orma dehqonchilik rayonlarida namoyon bo‘ladi. Yozgi isish shimoliy cho‘l yaylovlari, Quyi Amudaryodagi sug‘oriladigan yerlar va Farg‘ona, Zarafshon hamda Qashqadaryo okruglari (1-8, 12-14, 30-31) ning sug‘oriladigan rayonlari uchun xosdir.
Respublika agroiqlimiy resurslarining xilma-xilligi, ularning yillararo o‘zgaruvchanligi va iqlimning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda havo haroratining taxmin qilinayotgan o‘sishi, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga har tomonlama ta’sirini hisobga olishni talab etadi.
Atrof-muhitda karbonat angidrid konsentratsiyasining ortishidan kelib chiqadigan bevosita effekt ko‘pgina qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklar vegetatsiyasining barcha qulay sharoitlari bilan bir qatorda karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining ikki marta ko‘payishi jo‘xori, paxta, tariq, sabzavot ekinlari hamda bug‘doy, sholi, arpa, suli hosiddorligini 1% dan 10% gacha oshirishi kuzatilgan.
Karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining o‘sishi ayrim noqulay sharoitlarda, masalan, nam yetishmasligida ham, ekinlar mahsuldorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga qurg‘oqchilikka uchragan lalmikor dehqonchilikda hosildorlikning yillararo tebranishi ham kamayishi mumkin. Lekin karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining o‘sishi sharoitida ekinlarni parvarishlash, tuproqni zarur moddalar bilan to‘yintirish hosildorlikning yanada yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha qishloq xo‘jalik ekinlari uchun hosildorlikning eng yuqori darajada ortishi o‘rtacha 20 - 40 % ga yetishi mumkin.
Iqlimiy ssenariyalarga ko‘ra, yozgi haroratning o‘sishi uncha katta emas, lekin qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda noqulay hisoblangan o‘ta issiq kunlar soni ortishi mumkin.
O‘zgidrometga qarashli Gidrometeologiya ilmiy tekshirish instituti olimi A.X.Abdullaevning (1997) ma’lumotlaridan ma’lumki, maksimal havo haroratining 40°S yuqori bo‘lishi tropik va mo‘tadil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda, ayniqsa, ularning gullash davrida noqulaylik keltirib
chiqaradi. Havo haroratining 25°C dan yuqori bo‘lishi karamga, 27-29°C dan yuqori bo‘lganda kartoshkaga, 35-40°C - pomidorga, 39-40°C dan yuqori bo‘lishi esa poliz va texnika ekinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Havo haroratining 25°C dan yuqori bo‘lgan kunlar sonining 10- 30 kundan 50-70 kunlargacha ortishi karam hosildorligini 10-55 % ga kamaytiradi. 35-40°C haroratli kunlar sonining 10 dan 50-80 kungacha ko‘payishi pomidor hosildorligini 10-50 % ga kamaytiradi. Poliz ekinlari uchun havo haroratining 40°C dan yuqori bo‘lgan kunlar sonining 5 dan 25 gacha ortishi, hosildorlikni 9-42 % ga kamaytiradi.
Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 30°C dan yuqori harorat kuzatilgan kunlar sonining me’yorga nisbatan 15 dan 30 kungacha ortishi, paxta hosildorligini 9-22 % ga, qolgan paxta yetishtiruvchi rayonlarda esa 0-8 % ga kamaytiradi.
O‘zbekistonda iqlimning mintaqaviy o‘zgarishi ekstremal ob- havo hodisalar sonining ortishiga turtki bo‘ladi, ya’ni qurg‘oqchilik davrlari va yozgi yuqori darajalarning ortib ketishi, suv resurslarining shakllanish rejimi, yerlarning degradatsiyasi (buzilish) holatlari bularga misoldir. (Iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi BMTning Xadli Konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Milliy axboroti, 1999).
Iqlim prognozlari shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqada: viloyatlar bo‘yicha farqli 2050-yilga kelib o‘rtacha bir yillik 1,9-2,4 ºC darajaga oshadi, eng ko‘p isish darajasi qishgi va bahorgi davrlarga to‘g‘ri keladi; yog‘ingarchilikning o‘rtacha bir yillik soni 15-18 foizga ortadi, bu davr ko‘proq yoz paytiga to‘g‘ri keladi; havo darajasining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarilishining yomonlashuvi va yanada xavfli shart-sharoitlari sababli qishloq xo‘jalik ekinlarining evapotranspiratsiyasi oshishi vujudga keladi; Orol dengizi havzasida prognoz qilinayotgan suv yetishmovchiligini bosqichma-bosqich o‘sishiga olib keladi. Shuningdek, quyidagilar prognoz qilinmoqda: suvga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi natijasida hamda Amudaryo va Sirdaryo daryolaridan suvni
kafolatli olib qolinishi hajmining qisqarishi holatida suvning taqchilligi 500 foizdan ortib ketib, 2005-yildagi 2 km³ dan 2050- yilga kelib 11-13 km³ ga yetadi; natijada ayniqsa shimoliy tumanlarda vegetatsiya davrining cho‘zilishi, bu o‘z navbatida qishloq xo‘jalik ekinlarining yangittan ekilishi uchun imkoniyatlar berishiga olib keladi (Iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi BMTning Hadli Konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Ikkinchi Milliy axboroti, 2008).
Iqlimning o‘zgarishi – bu nafaqat istiqbolning, balki bugungi kunning ham muammosidir. Zamonaviy dehqonchilik strategiyasi mazkur stress holatlarining vujudga kelishini hisobga olishi kerak. O‘zbekistonda tuproqdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi sharoitlarida tabiiy resurslarni muhofaza qilish hamda oqilona foydalanishning umumiy muammolarida alohida o‘rin tutadi. Tuproq resurslari maydoni va sifati jihatidan chegaralangan. Ularning zamonaviy holati xavotirga soladi, chunki oxirgi 30-50 yilda tuproq, gumus va oziqlanish elementlari bilan birlashib ketgan, sho‘rlanishga, suv va shamol eroziyasiga uchragan, og‘ir metallar, ftoridlar, agroximikatlar bilan ifloslangan.
Respublikamiz hududlarining 76 foizi kenglik tuproq-iqlim zonasi tizimidagi cho‘l mintaqasiga kiradi, ushbu mintaqada sur- qo‘ng‘ir, taqir tuproqlar va taqirlar, qumli cho‘l tuproqlari, sho‘rhoklar va gidromorf tuproqlar tarqalgan. Ushbu hududlarda qurg‘oqchilik, cho‘llanish va sho‘rlanish xavfi ortib boradi, kuchli issiq, qurg‘oqchilik va suv yetishmovchiligi kuzatiladi, natijada ekin unumdorligi pasayib ketadi. Shuningdek, mamlakatimiz hududlarining 23,4 foizini balandlik mintaqalari tashkil etadi va bu yerda – och tusli, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar, karbonatli, tipik va ishqorsizlangan tog‘ jigarrang, tog‘ qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir-o‘rmon, och tusli qo‘ng‘ir, o‘tloqi-dasht tuproqlar, shuningdek balandlik mintaqalarining gidromorf tuproqlari tarqalgan.
Mazkur zonada mevali ekinlar uchun sovuq urishi xavfi, qurg‘oqchilik xavfining yuqoriligi, qor erishining tezligi va o‘zgarishi davrining ortishi eroziya yoki sel urishi holatlariga olib
kelishi mumkin. Shu bois, bu mintaqada tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalardan biri tuproq eroziyasiga qarshi kurashish muammolari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |