12-Mavzu iqlim o‘zgarishi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə8/10
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#202019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atrof-muhit M-11 (12)

Birinchi tashabbus – Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb e’lon qilish. Uning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida nafaqat inqirozga e’tiborni qaratish, balki uni bartaraf etish va mintaqani yanada rivojlantirishning amaliy mexanizmini yaratish muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina omillar, shuningdek, iqtisodiy o‘sish bilan birgalikda ekotizim barqarorligini bog‘lash amaliyotini o‘zgartirish vaqti kelganini ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz 2018- yil 16-oktyabrda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Ikkinchi tashabbus – cho‘l va yem-xashak o‘simliklarining ko‘chatlarini yetishtirishni ilgari surish. Qayd etilishicha, agar bu boradagi ishlar to‘g‘ri muvofiqlashtirilsa, 10-12-yil ichida dengizning butun qurigan tubini o‘rmon o‘simliklari bilan qoplash mumkin. Orol dengizi va Janubiy Orolbo‘yi hududlarida hali ko‘chma qum tepaliklarini to‘xtatish uchun o‘simliklar eksa bo‘ladigan ikki million gektarga yaqin maydon mavjud.
Uchinchi tashabbus – Orolbo‘yi mintaqasida transchegaraviy himoyalangan hududlarni yaratish. Prezidentimiz mintaqaning noyob faunasini saqlab qolish uchun mintaqaga keng yondashuvni topishni taklif etdi. Bugungi kunda sakkizta qo‘riqxona, ikkita milliy tabiat bog‘i, bitta Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Jayron” noyob hayvon turlarini ko‘paytirish milliy markazi mavjud va yettita tabiiy yodgorlik O‘zbekistonda huquqiy maqomga ega. “Markaziy Qizilqum” milliy bog‘ini, “Orol dengizi mintaqasi qo‘riqxonalari” tabiat kompleksini va “Quljuqtov” qo‘riqxonasini yaratish rejalashtirilmoqda,
To‘rtinchi tashabbus – suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik darajasini tubdan oshirish. Shu maqsadda davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Mintaqaviy dastur qabul qilishni taklif etdi.
2019-yil 21-avgustda Nukusda Prezidentimiz raisligida uchrashuv o‘tkazilib, unda Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi. Birinchidan - sanoatni rivojlantirish, barcha tarmoqlarda yirik va kichik ishlab chiqarishni tashkil etish. Ikkinchidan - tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Uchinchidan - qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, hosildorlikni oshirish va mahsulot turlarini kengaytirish.

21-jadval

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin