12-Mavzu iqlim o‘zgarishi


Tabiatni zaharli moddalar ta’sirida ifloslanishi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə5/10
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#202019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atrof-muhit M-11 (12)

12.3. Tabiatni zaharli moddalar ta’sirida ifloslanishi


Iqlimning o‘zgarishi sharoitlarida keyingi yirik muammolardan biri bu tuproqning sho‘rlanishi muammolari. 2012-yildagi holatiga ko‘ra respublikaning sug‘oriladigan yerlari umumiy maydonidan sho‘rlangan yerlari maydoni 49 foizni tashkil qiladi.
Mazkur muammoga duch kelgan eng katta maydonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridadir. Iqlimning o‘zgarishi natijasida aeratsiya zonasida yer osti suvlarini jadal sarflanishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida ikkilamchi sho‘rlanishning rivojlanishiga olib keladi. Bir qator tumanlarda sho‘rlanish qiyin sug‘oriladigan gipslashgan tuproqlarni shakllanishi barobarida vujudga kelmoqda. Gipslashgan tuproqlarning umumiy maydoni 301,7 ming gektarni tashkil etadi, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida hamda Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan.
Shunday ekan, iqlim o‘zgarishida yerdan foydalanishni moslashtirish uchun ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish bo‘yicha ishlarni olib borish, tuproqning degradatsiyasini to‘xtatish imkonini beradigan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu borada, yerdan foydalanish va uni muxofaza qilish samaradorligini oshirish, buzilgan yerlarni, jumladan o‘tloqerlarni qayta tiklash (rekultivatsiya qilish), tuproqni eroziya va sho‘rlanishdan, cho‘llanish, ifloslanish, dugumifikatsiya, zichlanish, tuproq unumdorligini hamda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish lozim.

Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda, iqlim o‘zgarishiga agrosferaning moslashuvi sharoitlarida tuproqshunos- lik sohasini rivojlantirishda asosiy ustuvor masalalar quyidagilar hisoblanadi:

  • uning biologizatsiya sharoitlarida, iqlim o‘zgarishiga dehqonchilikning moslashuvi sharoitlarida arid (quruq) yerga ishlov berish jarayonlarini o‘rganish;

  • sho‘rlanish, eroziya, degumifikatsiya, gipslanganligi, og‘ir metallar bilan tuproqning ifloslanishi, ftoridlar va agroximikatlarga qarshi kurashishning nazariyasi asoslari hamda samarador usullarini ishlab chiqish;

  • tuproqning biologik faolligi, turli tuproq-iqlim va agrotsenoz sharoitlarida uning hayvonot olamini o‘rganish va maqbullashtirish. Tuproq unumdorligini tiklash va oshirish biologik usullarini ishlab chiqish;

  • tuproq resurslaridan samarali foydalanish va muhofaza qilish sohasida yangi agrotexnologiyalar, biotexnologiyalarni, GIS texnologiyalarni yanada rivojlantirish va keng joriy etish;

  • o‘g‘itlar va tashqi muhit faktorlari samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro harakatni o‘rganish. Har bir o‘simlikning aniq navi oziqlanishini o‘rganish. Dehqonchilik tizimining yangi moslashuviga qo‘llash mumkin bo‘lgan mineral o‘g‘itlardan foydalanishning yangi tizimini ishlab chiqish;

  • dehqonchilikning moslashuvchan-landshaft, ekologik xavfsiz tizimini ishlab chiqish. Almashlab ekishning ilmiy-asoslangan sxemasini joriy etish, qishloq xo‘jalik ekinlarini navbatlab ekish va joylashtirish. Suvni tejash texnologiyalaridan foydalanish:

  • tuproqlar va agrolandshaftlardagi uglerod balansini, haydaladigan tuproqlardagi uglerodni depozitlashtirishni va emissiyasini, agrotsenozlarni unumdorlikka ta’sirini hamda mazkur jarayonlarni boshqarish imkoniyatlarini o‘rganish;

  • o‘rmon resurslarini (tog‘, cho‘l, to‘qay) saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tuproqni erroziya, sho‘rlanishdan, iqlim o‘zgarishining salbiy

oqibatlaridan himoya qilish maqsadida o‘rmon melioratsiyasini olib borish;

    • Orol dengizi va unga tegishli maydonlarning qurigan tubidan foydalanish maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish;

    • iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik olib borish, mazkur global muammoni hal etishda kelishilib olingan qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish;

    • agrosferaga, shuningdek, mintaqaning tuproq qatlamiga iqlim o‘zgarishining ta’siri bo‘yicha monitoring tadqiqotlarini olib borish. Axborotni yig‘ish va tarqatish, u bilan almashish tizimini rivojlantirish, arid mintaqa hududlari uchun ekologik toza, resurslarni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

Oxirgi yillarda dunyoning ko‘plab mamlakatlari o‘z qonunchilik hujjatlariga va siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayoniga barqaror rivojlanish tamoyillarini kiritishga harakat qilmoqdalar. Tabiiyki, barcha mamlakatlar uchun birday bo‘lgan namunaning o‘zi yo‘q. Biroq tabiiy muhit va atrof-muhitdan foydalanish masalalarida aholi, ehtiyojlar va texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etishi umumiy jihatdan tan olingan. Xususan, bir hududda ko‘p energiya va xom ashyo sarflovchi, samaradorligi past va tabiatni ifloslovchi canoat texnologiyalari asosiy muammolarni keltirib chiqarsalar, boshqasida esa atrof- muhit va insonlarning salomatligiga zarar keltiruvchi iste’mol odatlaridan voz kechish mashaqqatlari bunga sabab bo‘ladi; uchinchi bir turdagi mamlakatlarni esa aholining haddan ziyod ko‘payib ketishi va qashshoqlik muammolari bezovta qiladi.
Iqtisodiyotlari uzoq muddat umumittifoq xalq xo‘jaligi majmuasining bir qismi bo‘lgan va Markazga haddan ziyod qaram bo‘lgan Markaziy Osiyoning bu mustaqil davlatlari uchun barqaror taraqqiyotning zarurligi kun kabi ravshan edi. Darhol foyda olishni o‘ylagan, xilma-xillikni ham, tabiat hamda hududlar rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarni ham hisobga olmagan Covet davlatidagi rejali iqtisodiyotning avtoritar tamoyillari Markaziy

Osiyodagi aksariyat hududlarda ekologik tanazzulning kelib chiqishiga asosiy sabab bo‘ldi.30
Yagona ma’naviy-tarixiy, iqtisodiy va ekologik asosga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari umumiy suv havzalari orqali o‘zaro chambarchas bog‘langan birhududida joylashganli- gidan esa ekologiya tizimi tartibining xatolariga juda ta’sirchan hisoblanadi. Shu tarzda sobiq Ittifoqda Markazqo‘m rahbarligi ostida O‘zbekistonda faqat paxta yakkahokimligi o‘rnatilgan va o‘lkada faqat paxta ekilgan. Buning oqibatida esa qudratli, lekin o‘ta isrofgar irrigatsiya va sug‘orish tizimi vujudga kelgan. Paxta dalalaridagi suvdan foydalanishning samarasi esa juda pastligicha qolavergan. Buning barobarida, hududning ekologik holati, mahalliy olimlar, mutaxassislarning fikri, aholining ming yillik an’analari ham hisobga olinmagan.
Hududning, jumladan, O‘zbekistonning suv-yer, mehnat va boshqa resurslaridan nooqilona foydalanish natijasida o‘nlab million aholining hayot tarzi va salomatligiga putur yetkazgan, butun jamoatchilikni larzaga solgan Orol inqirozi yuzaga kelgan. 1965-yildan 1990-yilgacha bo‘lgan muddatda Orol dengizi havzasidagi sug‘oriladigan hududlar hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshgan va bunda hududning tabiati emas, balki keng paxtazorlarning ehtiyojini qondirishga asosiy e’tibor qaratilgan. G‘oya esa oddiy - sobiq SSSR ning ulkan harbiy va to‘qimachilik sanoati sohasining ehtiyojlari uchun imkon qadar ko‘p, arzon paxta ishlab chiqarish edi.
Pirovardida esa Orol dengizi, uning havzasi ekologiya tizimiga mo‘ljallangan suvni to‘sish va boshqa taraflarga burish fojiali oqibatlarga olib keldi. XX asrning 60-yillaridan boshlab Orol dengizining qirg‘oqlari 120–150 km ga chekinib, ortidan 5 mln. gektardan ortiq dengiz tubi ochildi va bundan u 80% dan ko‘proq suv hajmi va 60% hududidan mahrum bo‘ldi. Endi esa bu “Orolqum” dan yuzlab million tonna tuzlar, qum va zaharli qoldiqlar shamollar orqali sayyoramizning havo qatlamiga sochilib bormoqda.
Yangi yerlarni o‘zlashtirish barobarida, hududning transchegaraviy daryolarining butun sohasi bo‘ylab yoyilgan, yuzlab turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosining yagona yashash, ko‘payish yerlari bo‘lgan to‘qay, o‘rmonlar va boshqa yashil o‘simliklar maydoni keskin kamayib ketdi. Endi esa ular butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida yoki ularning lotin tilidagi nomlari Qizil kitobning zarvaraqlarini to‘ldirishdan boshqaga yaramay qolmoqda. Jiddiy olib qaraydigan bo‘lsak, bu yo‘qotishlarning biotsenoz va evolyusiya uchun oqibatini tasavvur qilish juda ham qiyin. Ularning hudud uchun ekologiya va iqtisodiy jihatdan hozirgi kunda taxminan ham hisoblashning imkoni yo‘q, ahamiyatini esa gapirmasa ham bo‘ladi.
1960-yillar oxiridan boshlab Orol dengizining qurib qolgan tubi faol deflyatsiya – tuzli qum ko‘chishining asosiy kengayib boruvchi o‘chog‘i sifatida belgilandi. Bu yerda 3,5 mln. gektar maydonda yuqori metr qatlamida mavjud tuz qatlami 1,5 mlrd. tonna atrofida baholanadi. Orol dengizi qurib qolishining salbiy oqibatlari nafaqat tutash zonada iqlim ko‘rsatkichlari o‘zgarishi bilan mintaqa hududining cho‘llanish maydonini yiriklashtirib boradigan ko‘chma qumlar bilan dengiz tubining to‘lishida, balki dengizning quriyotgan tubidan xo‘jalik faoliyati zonasiga tuzli qum ko‘chishining kuchayishida namoyon bo‘ladi31.
1995-yil 18–20-sentyabr kunlari o‘tkazilgan “Orol dengizi havzasini barqaror rivojlantirish” bo‘yicha BMT konferensiyasi davomida beshta Markaziy Osiyo mamlakatining Prezidentlari tomonidan ilk bor tarixiy Nukus Deklaratsiyasi imzolandi va unga binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va “XXI asr uchun kun tartibi” ga qat’iy tarzda tarafdor ekanliklari o‘z tasdig‘ini topdi.


12.4. Iqtisodiy yumshatish siyosati


Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini himoyalash masalalariga e’tibor yanada kuchayib, mazkur sohalarda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Ayniqsa, mintaqadagi global ekologik muammo hisoblangan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududning ekologik holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, Orol dengizi fojiasi natijasida suv resurslari tanqisligi, yer degradatsiyasi, cho‘llanishning kuchayishi, bioxilma-xillikning keskin kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari tobora chuqurlashib borayotgani nafaqat mintaqamizdagi, balki dunyodagi ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmagan har bir insonda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmon va qarorlari hamda hukumatning qarorlari mazkur ekologik muammoni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnoma yo‘lladi. Unda istiqboldagi maqsadlar qatorida ekosferadagi ustuvor vazifalar ham tilga olindi. Orolbo‘yi borasida ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlarning davomi bo‘ladigan qator loyihalar rejalashtirilgan. Bu Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonlar hosil qilishga ham, shuningdek, ekologik ofat hududidagi vaziyatni yaxshilashga ham tegishlidir. Bundan tashqari, “yashil belbog‘” yaratish tashabbusi ham tilga olindi. Ular Nukus, Urganch va Xivani qamrab oladi.
Orol dengizi sobiq noyob, go‘zal va dunyodagi eng yirik yopiq suv havzalaridan biri edi. Deyarli bir avlod umri davomida yo‘q bo‘lib ketish yoqasida kelib qoldi, misli ko‘rilmagan falokat va

shu yerda yashovchi aholi hayotiga, ekotizim hamda bioxilma- xillikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazdi. Insonning axloqni va vijdonni yo‘qotishi, xo‘jasizlik — ekologik fojianing bosh sababidir.
Yer yuzidagi ekologik inqirozlar asosini nafaqat milliy taraqqiyot darajasi va yo‘li yoki jamiyat mafkurasi emas, balki eng avvalo, tabiat oldida yetarli darajada mas’uliyatni his etmaslik tashkil etadi. Yovuzlikning ildizi shundaki, atrof-muhit odamlarning umumiy mulki deb e’lon qilindi, ya’ni u mulkning jamoaviy turi hisoblandi.






        1. Yüklə 0,99 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin