12-Mavzu iqlim o‘zgarishi


Iqlim o‘zgarishlari haqida



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/10
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#202019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atrof-muhit M-11 (12)

12.2. Iqlim o‘zgarishlari haqida


XX asr davomidagi iqlim o‘zgarishi issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar va aerozollar konsentratsiyasining ortishi bilan bog‘liq holda kutilgan oqibatlar bilan mos tushadi. Isishning makonda kuzatilayotgan qonuniyatlari modellar asosida tuzilgan prognozlarga mos kelmoqda.
Masalan, Yer yuzasidagi o‘lchashlar hamda meteorologik zondlar va sun’iy yo‘ldoshlar yordamida bajarilgan o‘lchashlar ham Yer yuzasining isiyotganligini, stratosferaning esa

soviyotganligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga Yer atmosferasi okeanlar ustida materiklar ustidagiga qaraganda sekin isiydi. Bu jarayonlar suvning yuza qatlamlarining quyi qatlamlari bilan tez almashinadigan va issiqlikni okeanning chuqur qatlamlariga tarqatuvchi rayonlarda ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Aerozollar ta’siriga uchragan mintaqalarda isish sur’atlari kamayadi.
Global iqlim o‘zgarishining eng noqulay oqibatlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • ko‘pgina tropik va subtropik regionlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining yalpi kamayishi kuzatiladi;

  • mo‘tadil kengliklardagi ko‘plab regionlarda hosildorlikning yalpi kamayishi ma’lum tebranishlar bilan kuzatiladi, buning asosiy sababi o‘rtacha yillik haroratning bir necha darajaga ko‘tarilishidir;

  • uy mollari va yovvoyi hayvonlarga issiqlik taziyqi ortadi;

  • tuproq eroziyasi va sho‘rlanishi kuchayadi;

  • suv yetishmaydigan ko‘plab regionlarda, ayniqsa, subtropiklarda aholi jon boshiga o‘g‘ri keladigan suv miqdori yanada kamayadi;

  • suv resurslarining sifati va miqdori kamayadi;

  • kuchli yog‘inlar va dengiz sathining ko‘tarilishi toshqin xavfini oshiradi, bu esa o‘n millionlab odamlarni halokatga olib keladi

  • toshqinlar va qurg‘oqchilik miqyosining hamda ularning Osiyoning mo‘tadil va tropik iqlimli rayonlariga keltiradigan ziyoni ortadi;

  • toshqinlar, tog‘ ko‘chkilari, qor surilmalari va sel toshqinlari natijasida keladigan ziyon ortadi;

  • o‘rmon yong‘inlari xavfi ortadi;

  • qirg‘oq bo‘yi eroziyasi va undan qirg‘oq bo‘yidagi imoratlar va infrastrukturaga bo‘ladigan ziyon ortadi;

  • qirg‘oq bo‘yi ekosistemasiga, jumladan, marjon orollari va ulardagi rang - barang jonzodlarga katta ziyon yetadi;

  • qurg‘oqchilikka uchragan rayonlarning gidroenergetik potensiali kamayadi;

  • yozgi haroratning ko‘tarilishi havoni sovitish maqsadida ishlatiladigan energiyaga bo‘lgan talabni orttiradi;

  • turistik yo‘nalishlar o‘zgaradi.

Ta’kidlash lozimki, iqlim o‘zgarishining dunyo bo‘yicha quyidagi foydali imkoniyatlari ham mavjud:

  • o‘rta kengliklarning ayrim regionlarida haroratning bir necha darajaga ko‘tarilishi tufayli qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi ortadi;

  • o‘rmonchilik bo‘yicha yaxshi tajribaga ega bo‘lgan regionlarning jahon bozoriga taklif etadigan yog‘och materiallari miqdori ortadi;

  • ayrim regionlarda, masalan, Janubi - Sharqiy Osiyo mamlakatlarida suv ko‘payadi;

  • o‘rta va yuqori kengliklardagi aholi orasida qishqi davrdagi o‘lim kamayadi;

  • qishki haroratning ko‘tarilishi uy-joylarni isitishga sarflanadigan energiyani kamaytiradi.

Bugungi kunda yer yuzasida aholi sonining keskin ortishi, insoniyat o‘rtasida tabiiy resurslarga bo‘lgan talab va ehtiyojning to‘xtovsiz o‘sishi, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, insonning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi beovsita yer shari iqlimining o‘zgarishiga olib keldi hamda bu jarayon shiddat bilan davom etib kelmoqda. Bu kabi jarayonlarni quyidagi dalilllar bilan asoslab berish mumkin:

  • yer sayyorasida atmosferaning kimyoviy, fizik tarkibiga inson faoliyat ta’sirining ortib borayotganligi, Ozon qatlamini yemiruvchi turli is gazlarini hamda karbonat angdrid va boshqa issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarni va aerozollarni chiqarish, turli organik yoqilg‘ilarni yoqish va energiya sarflash orqali atmosfera haroratiga ko‘rsatilayotgan ta’sirning ortib borishi;

    • tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan o‘zlashtirilishi (yer, suv, o‘rmon, tog‘-kon) tufayli yer sirti albedosining o‘zgarishi;

    • dunyo okeani suv sathining ko‘tarilishi va suv tarkibining ifloslanishi, buzilishi tufayli atmosfera-okean-quruqlik tizimida kechadigan modda, energiya va gaz almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi;

    • yer sharida bo‘layotgan turli etnik nizolar, davlatlararo kelishmovchiliklar, urushlar, xalqaro terrorizm, maishiy va sanoat chiqindilarining tabiatga tartibsiz katta miqdorda chiqarilishi;

    • inson omili ta’siri tufayli yer yuzida modda, energiya almashinuvi tufayli, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlarni shiddatining ortishi;

    • insoniyat tomonidan o‘zga sayyoralarni o‘zlashtirish maqsadida raketalarni kosmosga chiqarilishi natijasida Ozon qatlamiga yetkazilayotgan zarar va boshqalar ta’sir qilmoqda.

2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrdagi 841-son qarorining “Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilish” (13-maqsad) hamda “Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to‘xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi jarayonini to‘xtatish” (15-maqsad) tegishli bandlarida bevosita iqlim o‘zgarishini va uning ta’sirini bartaraf etish va unga qarshi kurashish masalalari o‘z ifodasini topgan.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin