12-Mavzu iqlim o‘zgarishi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/10
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#202019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Atrof-muhit M-11 (12)

O‘zbekiston va unga tutash hududlarda iqlim o‘zgarishining oqibatlari. O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi iqlim o‘zgarishining oqibatlariga, birinchi navbatda, agroiqlimiy va suv resurslari o‘zgarishlarini kiritish mumkin. Ulardagi o‘zgarishlar respublikamizda tarqalgan

tuproqlarning xossa-xususiyatlarini yomonlashuvida, yetishtiri- layotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sib-rivojlanishining sust- lashishida hamda Orolbo‘yi ekologik holatida va xususan, Orol dengizida yuzaga kelayotgan salbiy ko‘rinishlarda aks etadi.
O‘zbekiston shimolidagi cho‘l rayonlarida kuz davri bir muncha isiydi va uning davomiyligi ortadi. Asosiy isish esa Qizilqum okrugining janubiy qismiga Chirchiq-Ohangaron, O‘rta Sirdaryo, Farg‘ona va Qashqadaryo okruglari (1-4, 9-11, 20-26, 30, 31) ga tegishlidir. Umuman, mamlakatning cho‘l va chala cho‘l rayonlarida eng yuqori darajadagi harorat o‘zgarishlari qish – bahor davrlariga, sug‘oriladigan hududlarda esa yozgi – kuzgi davrga to‘g‘ri keladi.
Qoraqalpog‘istonda barcha mavsumlarda havo haroratining sezilarli darajada ko‘tarilishi kuzatiladi. Natijada hududning termik resurslari ortadi. Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida bahor - 0,5-2,0 oC, yoz - 1,5-2,5 oC, kuz – 0,5-2,0 oC, qish esa 1,5-3,5 oC ga isiydi. Boshqa viloyatlarda havo haroratining bahorgi-yozgi-kuzgi davrlardagi o‘zgarishi 1,5 oC dan ortmaydi.
Isish natijasida quruq tropiklar bilan mo‘tadil iqlim mintaqalari orasidagi chegara shimolga tomon 150-200 km ga suriladi, balandlik iqlim mintaqalarida esa 150-200 metrga ko‘tariladi.
Agroiqlimiy resurslarning o‘zgarishi va uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’sirini baholashda bazaviy iqlimiy ssenariyalar sifatida yuqorida ko‘rib chiqilgan regional iqlimiy ssenariyalar tanlab olingan. Ular 2030-yilgacha bo‘lgan o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi. Umumiy ssenariyaviy qiymatlar O‘zbekiston hududining real iqlimiy xilma - xilligiga moslashtirilgan va shundan keyin ular agroiqlimiy okruglar va rayonlar guruhlariga bog‘langan. Agroiqlimiy okruglar va rayonlar bo‘yicha kelajakdagi 2015-2030-yillar davomida o‘rtacha mavsumiy haroratning o‘zgarishi 20-jadvalda ko‘rsatilgan.

17-jadval



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin