12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə15/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin.
Qisqa xulosalar
Marketing - ayirboshlash yo’li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir.
Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Marketing maqsadlari korxona maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Marketing tushunchasi va uning moqiyati nimadan iborat?
2. Marketingning maqsadi va vazifalari.
3. Qanday talab turlarini bilasiz?
4. Marketing turlarini izohlab bering?
5. Remarketing nima va unga misollar keltiring.
6. Demarketing nima va unga misollar keltiring.
7. Marketingning asosiy maqsadlarini ayting.
8. Marketing tiplarining asosiy farqli belgilari nimalardan iborat?
9. Keltirilgan kontseptsiyalardan qaysi biri, fikringizcha, uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta'minlashi mumkin?
10. Yangi sharoitlarda yashab qolish va muvaffaqiyatga erishish uchun korxonalar qanday chora-tadbirlarni qo’llashi kerak?
13-MAVZU. MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA'MINOTI
13.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati
13.2. Marketing axborotlari turlari
13.3. Marketing axboroti manbalari


Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin