12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə14/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

Remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi. Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. Umuman olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, har qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa tomonga yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi mumkin va shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi mumkin.

Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa tebranishlar bilan harakterlanadi. Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ancha ortiq bo’lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab chiqarish hajmi bozor segmentining talablaridan ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan, muzeylarning ish kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi yoki shahar transporti xizmatlariga talab hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort hududlari aniq ifodalangan mavsumiy tebranishlarga ega. Sinxromarketingda talab tebranishlarini silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish usullari va marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va tarkibi to’la mos keladi. Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida uning darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning kuchayishini hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog birinchi navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors" kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford" kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil modelini qarama-qarshi qo’ydi.

Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi. Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali hal qilinishi mumkin.


Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin