25-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit) Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi va aholining xarid qobiliyati kabi ko’rsatkichlar bilan, shuningdek, inflyatsiya, kredit stavkalari, soliq solish stavkalari, aholining joriy daromadlari, jamg’armalarining darajalari, iste'mol savatining qiymati bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlarning o’zgarishi talabda nafaqat miqdoriy, balki tarkibiy siljishlarga ham olib keladi.
Tabiiy muhit jamiki landshaft (manzara) va atrof-muhitning ifloslanishi quyidagi holatlarga bog’liq:
ozon qatlamining kamayishi va natijada "issiqxona taassuroti" vujudga kelishi.
Yo’nalishlarning har bir muayyan ko’rsatkichlari orqali atrof-muhitning u yoki bu tomonini tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining ta'sirotiga ham ega.
Umumiy yondoshuv jihatdan tabiiy muhitning o’zgarishi quyidagi omillar atrofida ro’y beradi: xom ashyoning tanqisligi (defitsit), energiyaning qimmatlashishi, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslarning davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi.
Marketing nuqtai nazaridan hozirgi sharoitda suv, oziq-ovqat, yog’och, neft, ko’mir hamda ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondoshuv qo’llanishi katta ahamiyatga ega. Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari bilan bog’liq. Ma'lumki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish jarayonlari yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa (alternativ) energiya turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda. Gap quyosh, yadro, shamol va boshqa energiya manbalari to’g’risida borayotir.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo takomillashtirish va o’ta talabchanlik tendentsiyasiga ega. Demak, bu sharoitda atrof-muhitni himoya qiluvchi standartlarga rioya qilgan firmalar muammolarni echish maqsadida kam kuch va vosita sarflanadigan yo’l va imkoniyatlarni amaliyotga jalb etishlari muqarrar.
Bozor kon'yunkturasi ko’p tomondan demografik tavsiflar va aholi shakllanishining asosiy tendentsiyalari bilan belgilanadi. Bunda shaxsiy iste'mol tovarlariga bo’lgan talabning rivojlanishi va ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar bozoridagi o’zgarishlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa kuzatiladi.