12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Marketing axboroti manbalari



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə20/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

13.3. Marketing axboroti manbalari
Birlamchi marketing axboroti, odatda, maxsus tadqiqotlarning mahsuli hisoblanadi. Ikkilamchi axborotni olganda esa massivning asosiy qismini firmalar haqidagi ma'lumotlar tashkil qiladi. Ular birinchi navbatda quyidagi vazifalarni echish uchun kerak:

  • eng raqobatbardosh tovarni yoki xizmatni aniqlash;


  • raqobatchi firmalar, ularning strategiyalarini aniqlash;


  • neytral firmalarni aniqlash;


  • optimal strategiyani ishlab chiqish.


  • Ikkilamchi axborotning doimiy manbalari quyidagilar:


  • statistika idoralarining axborot materiallari;


  • davlat boshqaruvi organlarining axborot materiallari;


  • savdo palatalari, assotsiatsiya, birlashmalarning axborotlari;


  • xalqaro tashkilotlar, banklarning nashrlari;


  • maxsus kitob va jurnallar;


  • davriy matbuot ma'lumotlari; ma'lumot beruvchi adabiyotlar;


  • yirik firmalarning nashrlari; kompyuter tarmoqlarining resurslari.


Xaridor talabi va savdo kon'yunkturasining rivojlanishi haqidagi statistik axborotlarning eng muhim manbalaridan biri amaldagi statistika va buxgalteriya hisobi va hisobotlarining ma'lumotlari hisoblanadi. Talabni o’rganadigan xizmatlarning tashkiliy bo’ysunishi va faoliyati sohasiga bog’liq holda tahlil uchun birlamchi hisob va hisobot ma'lumotlari yoki davlat statistika organlari va boshqa vazirliklar va muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan yig’ma statistik ko’rsatkichlar ishlatilishi mumkin.


Aholining daromadlari va xarajatlari, xalq iste'molining ba'zi tovarlarini ishlab chiqarish, chakana savdoga tovarlarning kelib tushishi, tovar aylanuvining umumiy hajmi va tovar tarkibi, savdodagi tovar zaxiralari, chakana narxlarning o’zgarishini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimi keng miqyosda ishlatilishi mumkin.
Ko’rsatkichlar tizimi ichida eng muhimi tovar aylanuvi va tovar zaxiralari haqidagi ma'lumotlardir. Bu ma'lumotlar tahlili talabning va savdo kon'yunkturasining rivojlanishidagi asosiy tendentsiyalarni aniqlash imkonini beradi. Ular asosida, odatda, tovar guruhlari bo’yicha amalga oshirilgan talabning miqdori va ichki guruhiy tarkibini o’rganadilar. Chakana tovar aylanuvi tarkibi bo’yicha materiallar juda yuqori qimmatga ega va ma'lum davr ichida uning tarkibi o’zgarishini o’rganishda tayanch bo’lib hisoblanadi. Ular, shuningdek, assortiment jihatidan sotilishlar hajmini tahlil qilishda asosiy rol o’ynaydi. Tovar aylanuvi tarkibining tahlili iste'molchilar talabining qondirilishini va tovarlar assortimenti qay darajada kengayishini aniqlashga yordam beradi. Statistik hisobot ma'lumotlariga ko’ra talabning rivojlanishidagi tendentsiyalar, alohida guruhlar bo’yicha uning tarkibidagi siljishlar, mavsumiy tebranishlar va hokazolar haqida fikr yuritish mumkin.
Talabni o’rganish uchun aholining soni va tarkibi, yosh, jins va ijtimoiy strukturasidagi o’zgarishlarni tavsiflaydigan demografik statistikadan foydalanish mumkin. Talab haqidagi axborotning muhim manbai oilalar byudjeti statistikasi ma'lumotlari hisoblanadi. Byudjet tahlillarining materiallari turli xil ijtimoiy guruhlar va daromadliligi har xil bo’lgan guruhlardagi oilalarning xaridorlar va iste'molning strukturasi haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Talabning rivojlanish istiqbollarini baholash va uning tovar taklifi bilan muvozanatini tahlil qilish uchun xalq iste'moli tovarlarini ishlab chiqarish materiallari va ratsional iste'molning ilmiy asoslangan me'yorlaridan foydalanadilar.
Buxgalteriya hisoboti talabni o’rganishda axborot sifatida to’laligicha ishlatilmaydi. Inventarizatsiya materiallari realizatsiya qilingan va shakllanayotgan talabni tahlil qilishda, tovar zaxiralari me'yorlarida, tovarlarni olib kelish bo’yicha shartnomalarni to’g’rilashda muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkin.
Davriy matbuot, iqtisodiy va ishbilarmonlik yo’nalishdagi jurnal va gazetalar yordamida firmalar va tarmoqlar faoliyati haqida ko’pgina ma'lumotlarni berishi mumkin. Masalan, xalqaro mezonlar nuqtai nazaridan eng jiddiy ma'lumotlar har yili Amerikaning "Fortune" jurnalida yig’ma jadvallar ko’rinishida 500 ta amerikalik va 500 ta noamerikalik firmalar bo’yicha chop etiladi. Firmalar sotilishlar hajmi bo’yicha qaysi mamlakat va sohaga tegishli ekanligini ko’rsatgan holda terib chiqiladi (ranjirlash). Shu erning o’zida oborotlar, aktivlar, foyda, xodimlar soni haqidagi ma'lumotlar keltiriladi.
Qator gazetalar iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan rubrikalarda firmalarning yillik hisobotlari bilan bir qatorda alohida mahsulotlar turlarining chiqarilishi haqida materiallar, eksport bitimlari, aktsiyalarni sotib olish, firmalarning qo’shilishi va tugatilishi haqidagi materiallarni nashr etadilar. Alohida nashrlar yoki iqtisodiy jurnallar va gazetalarga ilovalar ko’rinishida chop etiladigan axborotlar muhim rol o’ynaydi.
O’zbekistonda chiqariladigan davriy nashrlar ichida "Pul, bozor, kredit", "O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnallari, "Soliq va bojxona xabarlari", "Bank axborotnomasi" gazetalarini, shuningdek, "Prestij", "Optovik" kabi ilovalarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin.
Telekommunikatsiyaviy, shu jumladan, tarmoqli xizmatlar axborot manbalarining alohida guruhiga kiradi. Firmalar haqidagi axborot ixtisoslashgan ma'lumotlar banki ko’rinishida taqdim etiladi. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida ancha vaqtdan beri tijorat maqsadlarida dasturli mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan maslahat beruvchi, nashriyotchilik firmalari tomonidan yaratiladigan ma'lumotlar banklari (bazalari) faoliyat ko’rsatyapti.
Foydalanuvchi axborotni ma'lumotlar bazasidan uni modem orqali uzatish yo’li bilan, shuningdek, kompaktdisklarda, faks orqali, axborot konferentsiyalari va forumlarda qatnashish yo’li bilan olishi mumkin.
Iqtisodiyot, biznes va marketing sohasida axborotlarni to’plash, ishlov berish va taqdim etishga ixtisoslashgan amerikalik "Dun & Dradstreet" korporatsiyasi dunyodagi eng katta ma'lumotlar bazasiga ega. Ma'lumotlar bazasining asosiy mavzulari: AQSh kompaniyalari, ularning manzili, soha kodi, balans aktiv va passiv moddalarining talqini haqidagi axborot va ma'lumotlar, mazkur sohaning o’rtachalariga nisbatan moliyaviy ko’rsatkichlari, har bir sohaning etakchi kompaniyalari bo’yicha xalqaro elektron ma'lumotnoma (90 ta mamlakat bo’yicha 200 mingdan ziyod ma'lumotlar), Amerikaning 60% dan ko’proq kompaniyalarining tovarlari va xizmatlari haqida 8,5 mln. dan ko’proq ma'lumotlar.
Rossiyaning axborot bazalarini ishlab chiqaruvchilar o’rtasida Ishbilarmonlik axboroti agentligi (IAA) ko’zga tashlanadi. U MDH va Baltika mamlakatlari bo’yicha etakchi hisoblanadi. U har yili 10 dan ziyod geoinformatsion bazalarni yangilaydi va aniqlaydi, to’rt tilda 350 nomli ishbilarmonlik ma'lumotnomalarini chiqaradi, axborot ko’riklar-ma'lumotnomalarini va marketing tadqiqotlarini o’tkazadi. IAA ga tegishli bo’lgan "Biznes-karta" ma'lumotlar bazasi sobiq SSSR respublikalarining 110 mingta korxona, tashkilot va firma bo’yicha axborotga ega.


Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin