12-mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi


Daromadlarni ishlatilishi schyoti



Yüklə 57,97 Kb.
səhifə12/16
tarix21.10.2023
ölçüsü57,97 Kb.
#159362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
12-mavzu. O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statist-hozir.org

Daromadlarni ishlatilishi schyoti. Daromadlarni ishlatilishi schyotida mamlakat miqyosida hamda uy xo’jaligi va davlat boshqaruv idoralari sektorlarining pirovard (yakuniy) iste’mol va jamg’arma ko’rsatkichlari hajmi aniqlanadi. Nomoliya, moliya va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorlarining yakuniy iste’moli bo’lmaydi. Shu sababli, yuqorida qayd etilgan ikki sektorning jamg’arma ko’rsatkichi ixtiyordagi daromad ko’rsatkichiga teng bo’ladi. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar sektorining yakuniy iste’moli bo’lmaganligi uchun uning jamg’armasi tuzatilgan ixtiyordagi daromadga teng bo’ladi. Schyotning mamlakat miqyosida tuzilish sxemasi quyidagicha:
Schyotdagi birinchi ko’rsatkich - ixtiyordagi daromad ko’rsakichi daromadlarni qayta taqsimlash schyotidagi muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkich bo’lib, bu schyotga resurs sifatida o’tgan.
Ikkinchi ko’rsatkich - pirovard iste’mol ko’rsatkichi uy xo’jaliklari va davlat boshqaruv idoralari sektorlariga kiruvchi birliklarning kuzatilayotgan davrda o’zlarining iste’moli uchun qilgan sarf - xarajatlari (aholi xarajatlari) va davlat idoralarining o’z faoliyatlarini yuritish mobaynida qilgan xarajatlaridan iborat.
Keyingi ko’rsatkich - jamg’arma ko’rsatkichi bu schyotning muvozanatlashtiruvchi ko’rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiy ma’nosiga ko’ra, bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha kapital xarajatlar uchun sarflanishi mumkin bo’lgan (qarz bo’lmasdan) maksimal miqdordan iborat. Bu ko’rsatkich sof usulda hisoblangan bo’lsa sof jamg’arma, yalpi usulda (AKI bilan birga) hisoblangan bo’lsa yalpi jamg’arma, deb ataladi.


Mamlakat miqyosida daromadlarni ishlatilishi schyoti

Ishlatilishi


Resurslar


2. Xaqiqiy yakuniy iste’mol, hammasi


Shu jumladan:
2.1. Uy xo’jaligi sektori
2.2. Davlat boshqaruv idoralari

1.Ixtiyordagi daromad






3. Jamg’arma (1-2)





Jamg’arma odatda ishlab chiqaruvchi birliklarning ishlab chiqarishlarini kengaytirish va takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan sarf xarajatlarga ishlatiladi.


Yüklə 57,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin