12-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja


-2021 yillardaO‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar



Yüklə 42,91 Kb.
səhifə3/7
tarix05.06.2023
ölçüsü42,91 Kb.
#125455
1   2   3   4   5   6   7
12-mavzu. Yangilanoyotgan O\'zbekiston (1)

2017-2021 yillardaO‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar.
Bugungi kunda mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq, eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir. 
Toshkent shahrida 2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumki, bu vazifalarga Prezidentimizning saylovoldi dasturida alohida e’tibor qaratilgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular yanada boyitildi.
«Bizning vazifamiz -to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, - dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, - o‘zimizning taraqqiyot va yangila- nish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi» .
Haqiqatan ham, Prezidentimizning bevosita rahbarligi ostida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini ham o‘z ichiga oladigan mazkur keng ko‘lamli dasturiy hujjat har tomonlama puxta ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yi- cha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi 2017 yil 7 fevralda imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etish bo‘yicha qonuniy tamoyil va mexanizmlar tasdiqlandi. Mazkur Farmonga berilgan sharhda Harakatlar strategiyasining aqamiyati alohida ta’kidlanib, bu boradagi loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borilgani, ular turli axborot maydonlariga joylash- tirilgani, buning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushgani, xususan, «Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi» portalida yo‘lga qo‘yilgan muhokamalar tufayli kelib tushgan 1310 ta taklif-mulohoza asosida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib chiqilgani qayd etiladi.
O‘zbekiston Resupblikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov tomonidan 2017 yil 7 fevralda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda ham, chet el ijtimoiy-siyosiy doiralari tomonidan ham katta qiziqish va e’tibor bilan o‘rganilmoqda. Bu borada atoqli olimlar, nufuzli ekspert va kuzatuvchilar, turli darajadagi ko‘zga ko‘ringan rahbarlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.

Yüklə 42,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin