Fizika (grekcha: φυσικός — „tabiiy“, φύσις (physis) — „tabiat“) tabiiy borliq haqidagi fan boʻlib, koinotni tashkil etuvchi asosiy tarkiblarni, uning mohiyatini tushuntirib beruvchi maydon va uning xususiyatlarini oʻrganadi. U quyidagi asosiy qismlardan iborat:
Fizika — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir.
Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amal i y fizika ham mavjud (mas, amaliy optika yoki amaliy akustika).
Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyukliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi.
Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha boʻlgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub.
Turli xrdisalarni va ularning sababini oʻrganish qad. zamon olimlarining bizgacha yetib kelgan asarlarida aks etgan. Miloddan avvalgi 6-asrdan to milodiy 2-asrgacha boʻlgan davrda moddalarning atomlardan tashkil topganligi haqidagi tushunchalar va goyalar yaratildi (Demokrit, Epikur, Lukretsiy), dunyoning geotsentrik tizimi ishlab chiqildi (Ptolemey), elektr va magnit hodisalari kuzatildi (Fales), statika (Pifagor) va gidrostatikaning rivojlanishiga asos solindi (Arximed), yorugʻlik nurining toʻgʻri chizikli tarqalishi va qaytish qonunlari ochildi, miloddan avvalgi 4-asrda Aristotel oʻtmish avlodlar va zamondoshlarining ishlariga yakun yasadi. Aristotelning ijodi yutuklar bilan birga kamchiliklardan ham xoli emas. U tajribalarning mohiyatini tan oldi, ammo uni bilimlarning ishonchli belgisi ekanini inkor etib, asosiy eʼtiborni farosat bilan anglashda, deb bildi. Aristotel ijodining bu tomonlari cherkov namoyandalariga qoʻl kelib, uzok, davrlar fan taraqqiyotiga toʻsqinlik koʻrsatdilar. 9—16-asrlarda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan, fizikaning rivojiga Oʻrta Osiyo olimlari ulkan hissa qoʻshdilar. Fizika, matematika, astronomiya va tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ali Kushchi va boshqa oʻrta osiyolik olimlarning ishlarida oʻz aksini topgan. Bu olimlarning fizikaga oid ilmiy ishlari, mexanika, geometriya, osmon mexanikasi, optika va turli tabiat xrdisalarini oʻrganish bilan bogʻliqdir. Xorazmiy oʻrta ayerlarda, nazariy va amaliy tabiatshunoslik qali boʻlmagan davrda, dunyoviy fanlar, ilgʻor ijtimoiyfalsafiy fikrlar ijodkori boʻlib chikdi. U Sharqning dastlabki akademiyasi „Bayt ulHikma“ („Donolar uyi“)ning shakllanishida faol ishtirok etgan. Bu yerda uning raxbarligida arablar va boshqa xalklar vakillari bilan bir qatorda Ahmad alFargʻoniy, Axmad Abdulabbos Marvaziy kabi oʻrta osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. „Algoritm“ soʻzi „Xorazmiy“ soʻzining lotincha transkripsiyasi boʻlib, bu soʻzni algebra masalalarini yechishda birinchi marta qoʻllagan
Ahmad alFargʻoniyning „Osmon jismlari harakati“ kitobi 9-asrda bitilgan boʻlib, 12-asrda lotin tiliga, 13-asrda Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilinib keng tarqalgan edi. Ahmad alFargʻoniy asarlari Yevropada Uygʻonish davri ilmiy tadqiqotchilarining asosini tashkil etgan asarlardan boʻldi. U yorugʻlikning sinishi va qaytishini aniklagan. Fargʻoniy stereografik proyeksiya nazariyasining asoschisi sifatida fazo jismlari harakatining tekisliklardagi proyeksiyalari nisbatlari asosida baʼzi bir kattaliklarni oʻlchash mumkinligini isbotladi. Bu fikr bugun ham astrofizika fanida oʻz qiymatini yoʻqotmagan.
Beruniy Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini oʻzi yasagan asboblar yordamida isbotladi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. U dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, atomning boʻlinishi, atomdan keyingi zarralarning oʻzaro taʼsir kuchlari, solishtirma ogʻirlikni aniklash usullari, jism inersiyasi, boʻshliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomgʻir va doʻlning paydo boʻlish sabablari, energiya aylanishi, jismlarning elektrlanishi, dengiz hamda ummon suvlarining koʻtarilishi va pasayish sabablari, yorugʻlikning korpuskulyar hamda toʻlqin xossasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlikning qaytishi hamda sinishining sabablari, dispersiya xrdisasi, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlari ellips shakliga yaqinligi, fazoviy jismlarning vaznsizligi toʻgʻrisida fikrlar yuritdi. Abu Nasr alForobiyning tovush tezligi, tovushning toʻlqin tabiati, tovush chastotasi, tovush toʻlqinining uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid koʻpgina ishlari fizika fanining rivojlanishiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi bogʻlanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chizikli tezlik, boʻshliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlikning tabiati, issiqlik uzatilishining turlari, yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlik dispersiyasi, linza, atom tuzil ishi va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon tushunchalariga juda moye keladi.
Hakim Termiziy dunyoviy fanlarning ungacha boʻlgan yutuqlarini qomusiy olim sifatida oʻrgandi, jumladan, tabiat hodisalari va jarayonlarini tahlil etuvchi „Solnoma“, „Haftanoma“ kabi asarlari maʼlum. Mirzo Ulugbek 15-asrda jahonda yagona rasadxona qurdi. Uning „Ziji Koʻragoniy“ asarida astronomiyaning nazariy asoslari yoritiddi va 1018 ta yulduzning joylashish koordinatalarini juda katta aniklikda beriddi. Uning qiymatlari hozirgi qiymatlarga juda yaqin.
Fizik hodisalarni tushuntirishda oʻrta osiyolik olimlarning mulohazalari qad. anʼanalar taʼsirida rivojlangan boʻlsada, ular matematik usullarni keng joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qoʻshdilar.
Klassik fizikaning rivojlanishi. 17-asrga kelib G.Galiley mexanik harakatni tajriba yoʻli bilan oʻrganib, harakatni matematik formulalar asosida ifodalash zarurligini aniqladi va bu fizika fanining keskin rivojiga turtki boʻldi. U jismlarning oʻzaro taʼsiri natijasida tezlik oʻzgarib, tezlanish hosil boʻlishiini, taʼsir boʻlmaganda harakat holatining oʻzgarmasligi, yaʼni tezlanishning nolga tengligini yoki tezlikning oʻzgarmasdan saklanishini qayd etib, Aristotelning shu masalaga qarashli fikrini, yaʼni taʼsir natijasida tezlik hosil boʻlishini inkor etadi. Keyinchalik Galiley aniqlagan qonun inersiya qonuni yoki Nyutonning mexanikaga oid birinchi qonuni degan nom oldi. 1600 yilda U. Gilbert elektr va magnit xrdisalarni oʻrganish bilan shuhrat qozondi hamda Yer tirik magnit ekanligini isbotladi. U kompas magnit milining burilishini Yerning katta magnitga oʻxshashi orqali tushuntirdi, magnetizm va elektrning oʻzaro bogʻlanishini tekshirdi. Galiley mexanikadagi nisbiylik prinsipini ochdi va erkin tushayotgan jism tezlanishi uning tezligi va massasiga bogʻliq emasligini isbotladi. E.Torrichelli yuqoridagi prinsipdan foydalanib, atmosfera bosimining mavjudligini aniqladi va birinchi barometrni yaratdi. R. Boyl va E. Mariott gazlarning elastikligini aniqladilar hamda gazlar uchun birinchi qonun —Boyl—Mariott qonunini yaratdilar. Gollandiyalik astronom va matematik V.Snellius (Snell) bilan R.Dekart yorugʻlik nurining sinish qonunini ochdilar.
17-asr Fizikasining eng katta yutuklaridan biri klassik mexanikaning yaratilishi boʻldi. I.Nyuton 1687 yilda Galiley va oʻz zamondoshlarining gʻoyalarini umumlashtirib, klassik mexanikaning asosiy qonunlarini taʼriflab berdi. Nyuton tomonidan jismlar holati tushunchasining kiritilishi barcha fizik royalar uchun muhim boʻldi, jismlar tizimining holatini mexanikada ularning koordinatalari va impulyelari orqali toʻla aniqlash imkoniyati yaratildi. Agar jiyemning boshlangich vaqtdagi holati hamda harakat davomida unga taʼsir etuvchi kuchlarning tabiati maʼlum boʻlsa, Nyuton qonunlariga asoslangan holda shu jiyemning harakat tenglamasini tuzish mumkin. Bu harakat tenglamasidan foydalanib, ushbu jiyemning istalgan vaqtda fazodagi oʻrnini, tezlik, tezlanish va fizik kattaliklarni aniklash mumkin boʻldi. Nyuton sayyoralar harakatlarini tushuntiruvchi Kepler krnunlari asosida butun olam tortishish qonunini ochdi va bu qonun orqali Oy, sayyoralar va kometalar harakatini isbotlab berdi. X. Poygens va G. Leybnits harakat miqdorining saklanish qonunini taʼrifladilar.
17-asrning 2yarmida fizik optika asoslari yaratila boshlandi, teleskop va boshqa optik qurilmalar yaratildi. Fizika Grimaldi yorugʻlik difraksiyasini, I. Nyuton esa yorugʻlik dispersiyasiik tadqiq qildi. 1676 yilda daniyalik astronom O.Ryomer yorugʻlik tezligini oʻlchadi. Shu davrdan yorugʻlikning korpuskulyar va toʻlqin nazariyalari yuzaga keldi hamda rivoj topa boshladi. I.Nyuton yorugʻlikni korpuskula (zarra)lar harakati orqali tushuntirsa, X.Gyuygens uni faraz qilinuvchi muhit — efirda tarqaladigan toʻlqinlar yordamida tushuntirdi.
Shunday qilib, 17-asrda klassik mexanika mustahkam oʻrin egalladi, akustika, optika, elektr va magnetizm, issiqlik hodisalarini oʻrganish sohalarida katta izlanishlar boshlandi. 18-asrga kelib tajriba va mat.dan kengfoydalangan klassik mexanika va osmon mexanikasi yanada tez surʼatlar bilan rivojlandi. Yer va Osmon hodisalarini mexanika krnunlari orqali tushuntirish asosiy maqsad hamda bosh taʼlimot hisoblanar edi. Hatto, oʻrganilayotgan fizik hodisani mexanika qonunlari orqali tushuntirish mumkin boʻlmasa, tanlangan tushuntirish yoʻli toʻliq emas yoki notoʻgʻri deb yuritilar edi.
18-asrda zarralar va qattiq jismlar mexanikasi bilan birga gaz hamda suyuqliklar mexanikasi rivojlandi. D.Bernulli, L.Eyler, J.Lagranj va boshqa ideal suyuqlik gidrodinamikasiga asos soldilar. Fransuz olimi Sh. Dyufe elektrning ikki turi mavjudligini aniqladi hamda ularning oʻzaro tortilish va itarilishini koʻrsatdi. Amerikalik olim B. Franklin elektr zaryadining saqlanish qonunini aniqladi. T.Kavendish va undan mustasno Sh. Kulon qoʻzgʻalmas elektr zaryadining oʻzaro taʼsir kuchini tajribada aniqladilar hamda matematik ifodasini topib, asosiy qonun — Kulon qonunini ochdilar.
Rus fiziklari G.Rixman, M.V.77omonosov va amerikalik olim B. Franklin atmosferada hosil boʻladigan elektr, yashinning tabiatini tushuntirib berdilar. A.Galvani, A. Volta va keyinchalik rus fizigi hamda elektrotexnigi V. Petrovning kuzatishlari va tadqiqotlari elektrodinamikaning vujudga kelishi hamda tez surʼatlar bilan rivojlanishiga sabab boʻldi. Optika sohasida P. Buger va I. Lambert ishlari tufayli fotometriyaga asos solindi. Infraqizil (ingliz optigi V. Gershel va ingliz kimyogari U. Vollston) va ultrabinafsha (ingliz kimyogari I. Ritter) nurlar mavjudligi aniqlandi. Issiqlik hodisalari, issiklik miqdori, tra, issiqlik sigʻimi, issiklik oʻtkazuvchanlik va h.k.ni oʻrganishda xam qator izlanishlar olib borildi. M. Lomonosov, R.Boyl, R.Guk, Bernullilar issiqlikning molekulyar — kinetik nazariyasiga asos soldilar.
19-asr boshida T. Yung va O. Frenellarning toʻlqin nazariyasi asosida yorugʻlik difraksiyasi va yorugʻlik interferensiyasi yaratildi. Yorugʻlikni koʻndalang toʻlqin sifatida elastik muhitda tarkaladi deb, Frenel singan va qaytgan yorugʻlik toʻlqinlarining intensivlaigini belgilovchi miqdoriy qonunni aniqladi. Fransuz fizigi E.Malyus yorugʻlikning qutblanishi hodisasini kashf etdi, yorugʻlik spektriga va difraksiyasiga tegishli izlanishlar olib bordi. Yorugʻlikning tabiati haqidagi korpuskulyar va toʻlqin nazariyalari orasidagi deyarli ikki asr davom etgan kurash toʻlqin nazariyasi foydasiga hal boʻldi.
Italiyalik olimlar A. Galvani va A.Voltalarning elektr tokini kashf etishlari hamda dunyoda birinchi marta 1800 yilda galvanik elementning yasalishi fizika fanining rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 1820 yilda daniyalik fizik X. Ersted tokli oʻtkazgichning kompas mili bilan oʻzaro taʼsirda boʻlishini elektr va magnit hodisalar orasida boglanish borligi bilan tushuntirdi. Shu yillarda A. Amper zaryadlangan zarralarning tartibli harakati tufayli paydo boʻluvchi elektr toki bilan barcha magnit hodisalari bogʻliq ekanligi toʻgʻrisida xulosaga keldi va tajriba asosida tokli oʻtkazgichlar orasidagi vujudga keluvchi oʻzaro taʼsir kuchini ifodalovchi qonunni ixtiro qildi (Amper qonuni). 1831 yilda M. Faradey elektromagnit induksiya hodisasini ochdi va elektromagnit maydon tushunchasi haqidagi taʼlimotni yaratdi. Metallarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻrganish Om krnunining (1826), moddalarning issiqlik xususiyatlarini oʻrganish — issiqlik sigʻimi qonunining yaratilishiga olib keldi.
Tabiatning barcha hodisalarini bir butun qilib bogʻlovchi energiyaning saqlanish va aylanish qonunining ochilishi tabiatshunoslikda, jumladan, fizikaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 19-asr oʻrtalariga kelib tajriba orqali issiklik miqdori bilan bajarilgan ish miqdorining oʻzaro qiyosiy tengligi isbotlandi va shu asosda issiqlik energiyaning maxsus turi ekanligi aniqlandi. Energiyaning saklanish va aylanish qonuni issiqlik hodisalari nazariyasining asosiy qonuni boʻlib, u termodinamikannsh birinchi bosh qonuni deb ataladi. Bu qonunni Yu.R.Mayer taʼriflagan, nemis fizigi G.Gelmgots aniqroq shaklga keltirgan (1874). Termodinamikaning rivojlanishida S. Karno, R. Kpauzius, U.Tomson, E.Klapeyron va D.I.A/yendeleyevlarning xizmatlari katta boʻldi. S. Karno issiqlikning mexanik xdrakatga aylanishini aniqladi, R.Klauzius, U. Tomson issiklik nazariyasining asosiy qonuni — termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini taʼrifladilar, R. Boyl, E. Mariott, J.GeyLyussak, B. Klapeyron ideal gazning xrlat tenglamasini aniqladilar. D.I.Mendeleyev uni barcha gazlar uchun umumlashtirdi va h.k. Termodinamika bilan birga issiqlikning molekulyarkinetik nazariyasi rivojlanib bordi. A. Eynshteyn, polyak fizigi M. Smoluxovskiy va fransuz fizigi J. Perrenlar broun harakati atom hamda molekulalarning issiklik harakati ekanligini isbotlab, molekulyarkinetik nazariya asoslari boʻlgan broun harakatining miqsoriy nazariyasini yaratdilar. Bu esa, oʻz navbatida, statistik mexanikaning toʻla tan olinishiga olib keldi. J.K.Maksvell kiritgan ehtimollik xarakteriga ega boʻlgan statistik tushunchalar asosida gazlardagi molekulalar tezligi, erkin yugurish uzunligi, vaqt birligi ichidagi toʻqnashuvlar soni va boshqa kattaliklarning oʻrtacha qiymatlarini topishga yoʻl ochildi, traning molekulalarning oʻrtacha kinetik energiyasiga bogʻlikligi koʻrsatildi. Materiyaning kinetik nazariyasi taraqqiy etishi L. Boltsman tomonidan statistik mexanika — Boltsman statistikasishtt yaratilishiga olib keldi. 19-asrning 2yarmida J.K.Maksvell elektromagnit hodisalarning elektromagnit maydon tushunchasiga asoslangan yangi nazariyasini va uni ifodalovchi tegishli tenglamalar tizimini yaratdi. U tabiatda elektromagnit toʻlqinlarning mavjudligini, ularning anik, xususiyatlari — bosimi, difraksiyasi, interferensiyasi, tarqalish tezligi, qutblanishi va h.k. borligini aniqladi. Maksvell nazariyasining eng muhim natijasi elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish tezligi yoruglik tezligiga teng boʻlgan qiymatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi xulosa hisoblandi. Maksvell nazariyasidan yorugʻlikning elektromagnit xususiyatiga ega ekanligi kelib chikdi. G.Ge/i
Shunday qilib, 19-asr fizikasi 2 boʻlimdan — jismlar fizikasi va maydon fizikasidan iborat boʻldi. Jismlar fizikasi asosida molekulyarkinetik nazariya qabul qilingan boʻlsa, maydon fizikasila elektromagnit maydon nazariyasi asosiy rol oʻynadi.
Dostları ilə paylaş: |