3. Qimmatli qog„ozlari bilan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari hisobi. Banklar mijozlar bilan tuzilgan vositachilik yoki topshiriq shartnomalari
asosida qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdisi bo‗yicha operatsiyalarni bajarishi mumkin.
Qimmatli qog‗ozlarni sotib olish uchun mijozlar tomonidan o‗tkazilgan pul
mablag‗lari hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‗yicha mijozlarning
qimmatli qog‗ozlarini sotishdan olingan pul mablag‗larining hisobi 22608 -
―Mijozlarning qimmatli qog‗ozlar bilan bo‗ladigan operatsiyalar bo‗yicha
mablag‗lari‖ balans hisobvarag‗ining ―Qimmatli qog‗ozlar bilan brokerlik
operatsiyalari bo‗yicha mijozlar mablag‗lari‖ alohida hisobvarag‗ida yuritiladi.
Soti
sh uchun yoki mijoz topshirig‗iga asosan sotib olingan qimmatli qog‗ozlar
93616 -
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖ va 93623 -
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖ ko‗zda tutilmagan
holatlar hisobvaraqla
rida nominal qiymat bo‗yicha hisobga olinadi:
Debet 93616 -
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖
yoki
93623 -
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖
Kredit 96379 -
―Saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlar va boshqa qimmatbaho
buyumlar bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖.
Mijozlarning topshirig‗iga ko‗ra sotish uchun olingan qimmatli qog‗ozlar
sotilmaganda, ularni mijozlarga qaytarilganda, shuningdek, mijozlarga ularning
topshirig‗i bo‗yicha sotib olingan qimmatli qog‗ozlarni topshirishda qimmatli
qog‗ozlarning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‗tkazmasi amalga
oshiriladi:
Debet 96379 -
―Saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlar va boshqa qimmatbaho
buyu
mlar bo‗yicha kontr-hisobvaraq‖
Kredit 93616 -
―Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‗ozlari‖
yoki
93623 -
―Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‗ozlar/tijorat hujjatlari‖.
142
Banklar tomonidan vositachilik operatsiyalarini bajarishdan olingan
daromadlar 45209
– ―Qimmatli qog‗ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy
vositachilik operatsiyalari bo‗yicha daromadlar‖ hisobvarag‗ining kreditida
hisobga olinadi.