Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim berish va kasb-hunarga o'rgatish borasidagi o'zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o'zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli — vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to'lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo'lmaydigan, balki ular muayyan vazifalae doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, inenejer-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to' lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog'liq bo'lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo'llaniladi. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab to'lanadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to'lanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me'yoriga taqsimlash yo'li bilan aniqlanadi.
Minimal ish haqi muammosi1938 yildagi Qonun qabul qilinganidan beri AQSh minimal ish haqi to'lab keldi. O'sha ish haqi ishlab chiqarish sohasida ishlayotgan ishchilarga to'lanadigan o'rtacha ish haqining 30 va 50 foizini tashkil etadi va 2006 yili bir soatga $5.15 edi. Bunga qaramay, o'n oltita shtatda federal eng kam ish haqidan balandroq minimal ish haqi belgilandi. Bu shtatlardagi minimal ish haqlarining ba'zilari nisbatan yuqori darajada edi. Misol uchun, 2006 yilda minimal ish haqi Vashington shtatida soatiga $7.63 etib tayinlandi. Minimal ish haqidan ko'zlangan maqsad malakasizroq ishchilarni qashshoqlik batqog'iga bo’lib qolmaslik uchun etarlicha pul topishga ko'maklashuvchi eng kam ish haqini tayinlashdir.
Minimal ish haqiga qarshi choralarYuqori miqdordagi ishchi kuchi harajatlari ba’zi korxonaami ishlab chiqarish sohasidan hattoki surib chiqaradi. Keyin bo’lsa, kam ta’minlangan kam haq oluvchi ishchilar ishsiz qolishlari mumkin. Tanqidchilar soatbay minimal ish haqi $5.15 oladigan biror doimiy ish o’miga ega bo’lmagan ishchi doimiy ish o’rniga ega bo’lib, aytaylik, soatiga $4.85 olayotgan ishchi dan yomonroq ahvolda qoladi deb o’ylaydilar.,Minimal ishhaqining yana bitta yomon tomoni shundan iboratki, uy-xo’jaliklarini qashshoqlashuvini engillashtirish maqsadida "maqsadga to’g’ri yo’naltirilmagan” chora tadbir hisoblanadi. Tanqidchilarning aytishlaricha minimal ish haqi qashshoqlikda kun kechirmaydigan uy- ho’jaliklari va ishchilarga ko’proq manfaat keltirishi mumkin.