Sof raqobatli mehnat bozori. Endi e’tiborimizni ish haqining o’ftacha darajasidan ma'lum darajadagi ish haqiga qaratamiz. Ma’lum turdagi baj aril gan mehnat uchun unga tarif ■« stavkasi qanday belgilanadi? Bu erda ° yana talab va taklif tahlilidan £ foydalanamiz. Keling, muhokamani sof raqobatdosh mehnat bozoridagi talab va taklifni o’rganishdan boshlaymiz. Bu turdagi bozorda:
Bir necha korxonalar ma’lumturdagi mehnatdan foydalanish uchun boshqa korxonalar bilan raqobatga kirishadi.
Bir hildagi ish tajribasiga ega bo’lgan ko’p malakali ishchilarning har biri o’sha turdagi ishchi kuchini taklif etadi.
Yakka tartibdagi korxonalar va ishchilar bu holatda ish haqini oluvchilar hisoblansa, vaholanki, ularning hech biri bozor tarif stavkasini nazorat qila olmaydi.
Ishchi kuchi uchun bozor talabi.Tasavvur qiling, 200 ta korxonani ayni bir mehnat turi, aytaylik, duradgorlarga talabi bor. Bu korxonalar ayni bir sanoatda bo’lishi shart emas; sanoatlar o’zlari ishlab chiqaradigan mahsulotlar va o’zlari foydalanadigan resurslarga qarab nomlanadi. Shunday qilib, yog’och ramkali jihozlar, yog’ochdan ishlangan derazalar, yog’osh eshiklar, uy va boshqa turdagi yashash inshootlari va yog’och shkaflar ishlab chiqaruvchi korxonalarning, albatta, duradgorlarga talabi bo’ladi