12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja


Ish haqining davomiy ko’tarilib borishi



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə4/19
tarix18.12.2022
ölçüsü312,25 Kb.
#75995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI

Ish haqining davomiy ko’tarilib borishi Asosiy taklif va talab tahlili AQShda ish haqini davomiy ravishda ko’tarilib borishini ko’rsatadi. Mamlakatning ishchi kuchi keyingi o’n yilliklarda sezilarli darajada ko’tarildi. Ammo, awal eslatib o’tganimiz samaradorlikning oshiruvchi omillar natijasida, ishchi kuchiga bo’lgan talab ishchi kuchiga bo’lgan taklifdan tezroq sur’atlarda ko’tarilib bormoqda. Rasrnda ishchi kuchi dagi huddi shunday talab va taklifni oshishini ko’rsatib beradi. Buning natijasida bandlik va real ish haqi da davomiy va uzoq muddatli ko’tarilishkuzatildi. Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma’lum qismi, ya’ni ishchi va xizmatchilarga, ya’ni ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiy adabiyotlar va hujjatlarda ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta e’tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar. Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi» kontseptsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash to’g’ri emas. Bu minimum o’z ichiga ishchi kuchi shakli anadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug’dirgan ehtiyojlami ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilaming ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada o’matilgan. Qiymatning melmat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi qiymatining o’zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar, awalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ulaming malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ulaming tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar hamda ulaming qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan ma’qullanib kelinmoqda. Masalan, A. F. Shishkin, E.F.Borisovlar o’zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflaydilar2. Bu mualliflar o’z flMarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchi ning farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab ko’rinishini isbo’llashga harakat qilganlar. Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini etarli hisobga olmaydi.

Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin