12. Mavzu: shaxsiy xissiy va irodaviy soxasi. Reja


Tilak - maqsad va uni hosil qiluvchi motiv aniq anglangan holatida maqsadga  intilish



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix02.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#67190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12.MAVZU

Tilak - maqsad va uni hosil qiluvchi motiv aniq anglangan holatida maqsadga 
intilish. 
Mustaqillik – bevosita tashabbuskorlik bilan bog’liq bo’lgan iroda xususiyati. 
Hissiyot - tuyg’ularimizni o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va 
hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va 
munosabatlar ifodalanadi. 
Emotsiya  shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, 
uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz 
kechinmalaridir.
Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va 
kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan 
harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va 
nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. 
Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, 
hulq-atvorni bezovchi emotsional holat. 
Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan 
tanglik jarayonidir. 
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa 
va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt 
bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. 
Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol 
xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi: 
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; 
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt 
sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo. 
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu 
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar 
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va 
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham 
yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar 
bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam 
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari 
ham aks ettiriladi. 
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan
o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, 
shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin