12. Mavzu: shaxsiy xissiy va irodaviy soxasi. Reja



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix02.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#67190
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
12.MAVZU

Intellektual hissiyotlar ham o‘z mohiyati jihatidan ahloqiy hissiyotlarga 
yaqin bo‘lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan 
bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar bo‘lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, 
shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Estetik hislar ham yuksak ahloqiy 
hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan 
zavqlanish va go‘zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma 
odamlarga xos bo‘lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik 
hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi.
3
Praksik hislar. Inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq 
aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda bo‘lish sohasiga 
aylanib qoladi. Bu birinchi navbatda biror maqsadni anglabgina qolmay, uni e’tirof 
etadigan yoki inkor qiladigan maqsadlarga erishish yo‘llarini baholaydigan ta’sir 
qilish usullari va ko‘lamlarini ma’qullaydigan va ma’qullamaydigan, ularni to‘g‘ri 
tanlanganligiga shubhalanadigan, nihoyat muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik 
hissini kechiradigan mehnat faoliyatida kuzatiladi. Hayotiy faoliyat jarayonida 
muhit va irsiy shartlar asosida insonda barqaror emotsional sifatlar – emotsional 
xususiyatlar va xossalar shakllanadi. Shaxsning emotsional xususiyatlariga 
emotsional reaktivlik, qo‘zg‘aluvchanlik, affektlilik, emotsional barqarorlik, 
umumiy emotsional tonus, emotsional ta’sirlanishlar kuchi va ularning tashqi 
ifodalanishi – ekspressivlik taalluqlidir. 
Emotsional xossalar individning psixik ko‘rinishini belgilaydilar, shaxs 
emotsional tipini tashkil etadilar. Odamlar emotsional, o‘ta ta’sirchan, ehtirosli va 
frigid mijozlilarga bo‘linadilar. Birinchisi oson qo‘zg‘aluvchan, emotsional 
ta’sirchan, impulsiv; ikkinchisi – o‘z sezgilarini mushohada qilish, ulardan 
zavqlanishga moyil; uchinchisi – emotsional intiluvchan, o‘ta faol, maqsadga 
erishishda sabotli; to‘rtinchisi – aql bilan ish ko‘radilar, qayg‘urish hissi ularga yot. 
Hissiyotlar va sezgilarning yuzaga kelishi va so‘nishi shartli refleks 
shakllanishining barcha qonuniyatlariga bo‘ysunadi. 
3
A.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” Тошкент 198б 


Biror ob’ektga nisbatan ishlab chiqilgan sezgilar ma’lum darajada bir jinsli 
ob’ektlar sinfiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Shunday qilib, sezgilar qonuniyatlaridan biri 
ularning umumlashtirilganligi va ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati hisoblanadi. 
Boshqa qonuniyat – sezgilarning davomli seskantiruvchilar ta’sirida sustlashishi
Xuddi shunday sevimli qo‘shiq hadeb tinglansa, yoqmay qolishi mumkin; juda ko‘p 
marta takrorlanadigan hazil kulgili bo‘lmay qoladi. 
Ijobiy hissiyotlar kabi, salbiy hissiyotlar ham so‘nishga moyil bo‘ladi. Odam 
ma’lum darajada turli vaziyatlarga, shuningdek, salbiy ta’sirlar (badbo‘y hid, xunuk 
manzara, noqulay sharoit)larga ham ko‘nikadi. 
Turli seskantiruvchilar ta’sirida yuzaga keladigan turli segilar o‘zaro 
taqqoslanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro ta’sirlashadi. Biror shaxsning 
xunuk harakatidan, xuddi shunday vaziyatdagi boshqa shaxsning oliyjanob harakati 
solishtirilganida taassuf hissi kuchayadi, qoniqish hissi qoniqmaslik hissidan so‘ng 
kuchliroq 
seziladi. 
Insonning 
taqdiri, 
azob-uqubatlari 
qanchalik og‘ir, 
muvaffaqiyatsizliklarining yakun topishi shunchalik quvonch bilan idrok qilinadi – 
bu sezgilarning keskin qarama-qarshiligi
Sezgi qonuniyatlaridan biri – ularning jamlanishi. U yoki bu ob’ekt 
tomonidan muntazam ravishda hosil qilinadigan sezgilar to‘planib, jamlanadi. 
Buning natijasida insonda ota-onaga, do‘stga, qadrdon yurtga nisbatan muhabbat va 
ehtirom mustahkamlanadi. Salbiy kechinmalar (hayotiy qiyinchiliklar)ning 
to‘planishi affekt holatiga tashqi tomondan ahamiyatsiz bo‘lgan voqeadan juda 
kuchli ta’sirlanishga olib kelishi mumkin. 
Emotsional holatlar o‘rin almashishi mumkin. Xuddi shunday, biror 
faoliyatdagi muvaffaqiyat boshqa faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlikning o‘rnini 
bosishi mumkin. 
Hissiyotlarning yana bir qonuniyati – ularning o‘zgaruvchanligi hisoblanadi. 
Biror ob’ekt yuzasidan qondirilmagan hissiyotlar boshqa ob’ektlarga (barchaga 
«zarar o‘rnini to‘ldirish» hodisasi) o‘tkazilishi mumkin. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin