12. Mavzu: shaxsiy xissiy va irodaviy soxasi. Reja



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix02.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#67190
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
12.MAVZU

 
Maqsad-kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini 
tasavvur etish demakdir. Masalan, inson pedagogika universitetiga kirib o‘qishni 
zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib kelish zarurligini tushundi, deylik. 
Bularning hammasida kishining maqsadi o‘z-o‘zidan zohir bo‘layotganga o‘xshaydi, 
ba’zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi.
Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagini va zarur 
ishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin. 
Ehtiyoj ko‘ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish 
maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb 
ataladi. Ammo odam o‘z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu 
15.3. Irodaviy akt va uning 
tuzilishi. Shaxsning irodaviy 
sifatlari. 
 


maqsadga etishish yo‘llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. 
Bunday to‘la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba’zan zo‘r xayol surish bilan, 
ba’zan esa cheksiz orzu bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan (xayolparast insonlarda) 
bunday tilak havaslar ko‘ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib 
ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari to‘lib-toshgan kishilar ham mavjud. Bu kishilar 
doimo xo‘rsinadilar, armon qiladilar, o‘zlarini ham tevarak-atrofdagi kishilarni ham 
tanqid qiladilar. Bu kishilar ko‘pincha yaxshi orzular qilishadi-yu, amalda kam 
faoliyat ko‘rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko‘rsatishmaydi.
4
 
Harakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu 
maqsadga etish uchun biron yo‘l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni 
emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo‘llar 
bilan emas, balki mana shu yo‘llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko‘ngildan 
o‘tkazadi. Maqsadni va unga etish yo‘lini tanlash jarayonida unga ma’qul yoki 
noma’qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
Maqsadni va unga etishish yo‘llarining ma’qulligi yoki noma’qulligini 
belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega 
boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko‘rishni, yoki ish 
ko‘rmoqchi bo‘layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini 
tashkil etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlar g‘ayri ixtiyoriy (irodadan tashqari) 
harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo‘ladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin