12. Mavzu: shaxsiy xissiy va irodaviy soxasi. Reja



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix02.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#67190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12.MAVZU

beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional 
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini 
baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval 
orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun 
taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan 
ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.v. simonovning yondoshuvi 
quyidagi formulada aks etgan: h = e (m – a), bunda h – hissiyot, uning kuchi va 


sifati; e – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; m – dolzarb ehtiyojni 
qondirish uchun zarur ma’lumot; a – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli 
axborot. 
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda 
ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (e = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (h = 0); 
ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan 
holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining 
sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa 
sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. 
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. 
I.p. pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va 
ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati 
ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, 
ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida 
sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar 
kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i 
shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi 
ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. 
Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan 
xursandchilik sezadilar. 
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, 
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, 
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, 
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. 
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy 
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi. 
Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular: 
1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va 
xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli 
reaksiyalar: salbiy hissiyotda atrofdagi voqealarga nisbatan munosabatingiz ham 
salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan 
yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar 
hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy 
material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan, 
hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson 
qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv omillar 
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari 
bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, 


bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish mexanizmlari ifodasining 
xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig‘indisi uning 
emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil etadi. 
Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil sharoitlardan hissiyotli 
ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha bo‘lgan 
emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar kuchining tafakkur va 
hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. 
Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning 
nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi 
va qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti
ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va 
bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.l. rubinshteynning yozishicha, 
shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga 
munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning 
kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi. 
Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida 
rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday 
rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini 
ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy 
boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va 
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq. 
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. 
Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga 
nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda 
yo‘naltirishdir. 
Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va 
kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir 
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar 
ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda
frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, 
hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish 
lozim. 
Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob 
reaksiyalari – ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik 
tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson 
hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni 
aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi. Hissiyotlar – yorqin sub’ektiv tusga ega 
bo‘lgan iski va tashqi seskantiruvchilarning ta’siriga nisbatan inson va hayvonlar 


javob reaksiyalari. Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlarning ahamiyatli belgisi 
ularning sub’ektivligidir. Hissiyotlar evolyusiyaning moslashuvchi «mahsuloti» 
sifatida, odatdagi vaziyatlarda organizm hulq-atvorining biologik jihatdan 
umumlashtirilgan usullari sifatida yuzaga kelganlar.
Hissiyotlar ehtiyojlar bilan ularning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan 
bog‘liq. Hissiyotlar ikki valentli – ular yoki ijobiy, yoki salbiy bo‘ladi. Hissiyotlar – 
organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi darajasini bevosita 
baholash mexanizmi. Ehtiyojlar o‘rnidagi hissiyotlar harakatga yo‘naltiriladi. 
Ko‘plab hissiyotli ifodalarda boshlang‘ich hissiyotlarning to‘rt xili: shodlik 
(zavqlanish), qo‘rqinch, g‘azab va hayratlanish ajratiladi.
Hislar – bu inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki 
qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
Hissiyot va tuyg‘ular o‘rtasida umumiylik ko‘p, lekin farqlar ham 
mavjuddir. Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional 
kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa – paydo 
bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya 
xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan 
bo‘ladilar, sezgilar esa, ko‘p hollarda aniq va jism bilan bog‘liq bo‘ladilar. 
Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‘liq 
bo‘ladilar. Bundan tashqari, anglanmaydigan soha bilan bog‘langan, sezgilar esa 
ongimizda maksimal darajada namoyon bo‘lgandirlar. Inson sezgilari doimo tashqi
ifodalarga ega bo‘ladilar, hissiyotlar esa ega bo‘lmaydilar. Va nihoyat, hissiyotlar 
ko‘proq vaziyatga bog‘liq va qisqa muddatli bo‘ladilar, sezgilar esa davomliroq va 
yorqin ifodalangan predmetli xarakterga ega. Ular odamning ma’lum ob’ektlarga 
nisbatan barqaror munosabatini aks ettiradilar. Sezgilar insonning madaniy-tarixiy 
rivojlanish jarayonida paydo bo‘lganlar va rivoj topganlar. 
2
Hissiyotlar va tuyg‘ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati 
tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda 
murakkab bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan jismlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning 
o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni 
inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo 
bo‘lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni qondirish 
maqsadni ko‘zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi. Ehtiyojlarni 
qondirishga yo‘naltirilgan, ko‘zlangan maqsadlarga erishish amalga oshiriladigan 
real hayotiy sharoitlar emotsional kechinmalarning turli tumanligiga sabab bo‘ladi. 
2
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 530p 


Hissiyotlar ko‘pchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni, sifati (ijobiy va salbiy), jadalligi (kuchli 
va kuchsiz), davomiyligi (qisqa muddatli va barqaror), anglanganligi, chuqurligi, 
irsiy manbasi, murakkabligi, bajaradigan vazifalari, organizmga ko‘rasatadigan 
ta’siriga qarab farqlanadi. 
Hissiyotlar turlicha vazifalarni bajaradilar. Ularning boshqaruvchi, aks ettiruvchi, 
daraklovchi, undovchi (rag‘batlantiruvchi), mustahkamlovchi, o‘tkazuvchi, 
moslashuvchi, kommunikativ, hosil qiluvchi, ifodalovchi vazifalari shular 
jumlasidandir.
Hissiyotlar va sezgilar organizm holati va inson hulq-atvorini boshqarish 
vazifasini bajaradilar. Xuddi shuningdek, yaxshi so‘z jon ozig‘i deydilar. Bunda, 
avvalambor, muhim o‘rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga
verbal ta’siri ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bunda hissiyotlar va sezgilarning boshqaruvchi 
vazifasi namoyon bo‘ladi. Aks ettiruvchi vazifasi voqealarning umumiy baholanishi 
ifodalandi, sezgilar butun organizmning qamrab olgani uchun, ular ta’sir 
ko‘rsatayotgan omillarning foydasi yoki zararini aniqlashga va zararli ta’sir 
aniqlangunicha ta’sirlanish imkonini beradi. Masalan, yo‘lni kesib o‘tayotgan odam 
undagi vaziyatga ko‘ra turli darajadagi qo‘rqinchni boshidan kechiradi. Bundan 
kelib chiqadiki, hissiyotlar va sezgilarning aks ettirish vazifasi insonga atrof-olamda 
to‘g‘ri yo‘nalish olish va jismlar, hodisalarni ularning istalganligi nuqtai nazaridan
baholash imkonini yaratadi. Xabarlovchi vazifasi yuzaga keladigan kechinmalar 
insonga undagi ehtiyojlarni qondirish jarayonining kechishi, yo‘lida qanday 
to‘siqlarga uchrashi, birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi va 
h.k.lar haqida xabar berishdan iborat. Hissiyotlar va sezgilarning baholovchi yoki 
aks ettiruvchi vazifasi bevosita undovchi vazifasi bilan bog‘liq. S.L. Rubinshteyn 
ko‘rsatib o‘tganidek, «... hissiyot o‘zida jismga yoki unga teskari yo‘naltirilgan 
ehtiros, tilak, intilishni mujassamlashtiradi». SHunday qilib, hissiyotlar va sezgilar 
yuzaga kelgan ehtiyojni qondirishga erishish yok inson oldida turgan vazifala hal 
etiladigan yo‘lni izlash yo‘nalishni aniqlashga yordam beradi.
Mustahkamlovchi vazifa hissiyotlar va sezgilarning o‘qitishda bevosita 
ishtirok etishidan iborat. Kuchli emotsional ta’sirlanishga sabab bo‘ladigan 
ahamiyatga molik voqealar uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladi. Hissiyotlar va 
sezgilarning o‘tkazuvchi vazifasi motivlar raqobatida, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi, 
buning natijasida kuchli ehtiyoj aniqlanadi. Xuddi shunday, inson uchun tabiiy 
bo‘lgan o‘zini muhofaza qilish instinkti va ma’lum etika me’yorlariga rioya qilish 
ijtimoiy ehtiyoji o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar o‘z 
mohiyatiga ko‘ra, qo‘rquv va mas’uliyat hissi o‘rtasidagi kurashda joriy etiladi. 
Moslashuvchi vazifasi hissiyotlar tufayli jonli mavjudotlar o‘zlari uchun dolzarb 
bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda u yoki bu sharoitlarning ahamiyatliligini 
ko‘rsatishlaridan iborat. CH.Darvin fikriga ko‘ra, hissiyotlar moslashtiruvchi vosita 


sifatida yuzaga kelgan. O‘z vaqtida paydo bo‘lgan sezgi tufayli organizm atrof-
muhitga samarali tarzda moslashib olish imkoniyatiga ega. 
SHuningdek, sezgilarning kommunikativ vazifasi ham mavjud. Mimika va 
pantomimika harakatlari insonga o‘z kechinmalarini boshqalarga etkazib berishga, 
o‘zlarining atrof-olam jism va hodisalariga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lumot 
berish imkoniyatini tug‘diradilar. Mimika, tana holatlari, imo-ishoralar, ma’noli 
xo‘rsinishlar, tovush ohangining o‘zgarishi «insoniy hislar tili», hissiyotlardan xabar 
beruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sezgilarning 
barcha ifodalanishlarini ham oson aniqlab bo‘lmaydi. Dahshat (57%), so‘ngra nafrat 
(48%) va ajablanish (34%) kabi hislarni oson aniqlab olish mumkin. Kommunikativ 
vazifada atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatish vazifasini ham ajratish mumkin. 
Hissiyotlarning umumlashtiruvchi vazifasi vaqt va fazoda bir-biriga yaqin 
bo‘lgan alohida voqea va dalillarni birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
hissiyotlar ekspressiv vazifani bajaradilar. Ko‘p hollarda ular periferik xususiyatga 
ega bo‘lgan organik o‘zgarishlar (qizarish, oqarish, nafasning tezlashishi, erakning 
tez-tez urishi va boshqalar) bilan birgalikda kechadi, ifodali harakatlar (mimika va 
pantomimikada, vokallashtirish)da ifodalanadi. Kundalik hayotda ifodali harakatlar 
orqali biz, odatda, atrofdagi odamlarning emotsional holati, kayfiyatidagi 
o‘zgarishlarni etarlicha aniq idrok qilamiz va baholaymiz. 
Hissiyotlar insonlar hayotida o‘ta muhim o‘rinni egallaydilar. Xuddi shunday, 
hozirgi kunda hissiyotlarning organizm hayotiy faoliyati xususiyatlari bilan 
aloqasini hech kim inkor etmaydi. Ma’lumki, hissiyotlar ta’sirida qon aylanish, nafas 
olish, ovqat hazm qilish, ichki va tashqi sekretsiya bezlari va boshqa organlarining 
faoliyati o‘zgaradi. Kechinmalarning ortiqcha jadalligi va davomiyligi organizmda 
buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Hissiyotlar – bu juda murakkab psixik hodisalar. Ahamiyatga ega bo‘lgan 
hissiyotlarga quyidagi emotsional holatlar turlarini kiritish mumkin: hissiyot 
affektlari, kayfiyatlar, ehtiroslar, stresslar, frustratsiyalar, hissiyotlarning emotsional 
toni, emotsional munosabat. 
Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va 
kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq 
ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan 
kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. Affektiv holat ongli faoliyatning 
tormozlanganligi bilan ifodalanadi, sub’ekt hulq-atvorini ongli nazoratining izdan 
chiqishida namoyon bo‘ladi. Affekt real sharoitlarda sub’ektning xavfli, ko‘p 
hollarda kutilmaganda paydo bo‘lgan vaziyatlardan mutanosib holda chiqib ketish 
yo‘lini topa olmaslik layoqatsizligida rivojlanadi. Affektga misol tariqasida kuchli 
g‘azab, achchig‘lanish, dahshat, shiddatli quvonch, chuqur qayg‘u, umidsizlik 
kabilarni keltirish mumkin. Affektning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu 


emotsional ta’sirlanishning engib bo‘lmas darajada odamga qandaydir faoliyatning 
bajarish zaruriyatini bog‘lashdan iborat, lekin bunda odamda voqelik hissi 
yo‘qoladi. 
Emotsional holatning keyingi turi – bu emotsiyalarning o‘zi. Emotsiyalar 
affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa alohida qirrasi faqat 
joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga olinadiganlarga nisbatan ham 
ta’sirlanish hisoblanadi. 
Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va 
hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab, 
ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar va sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham zavqlanish, 
ham qoniqmaslikda ifodalanadi, sezgilarni keltirib chiqarishlari mumkin. Bundan 
tashqari, ko‘pchilik vaziyatlarda, bir tomondan, qandaydir zo‘riqish sezgilari, 
ikkinchi tomondan, hal etish, yoki engil tortish yuzaga keladi. Faoliyatning keskin 
damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida qiyinchiliklarni bartarf 
etishda biz zo‘riqishni his etamiz. U yaqqol ko‘zga tashlanadigan faol xususiyatga 
ega bo‘lib, faoliyat ob’ektiga e’tiboning kuchayishi, aqliy va jsmoniy kuch to‘plash, 
harakatga chanqoqlik, bizni o‘rab oladigan alohida hayajon bilan birgalikda kechadi.
Emotsional jarayonlarning boshqa xildagi iodalanishi qo‘zg‘alish va 
tinchlanish hisoblanadi. Qo‘zg‘algan emotsional holat, odatda, faol xususiyatga ega 
bo‘lib, faoliyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Tinchlanish 
faoliyatning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lsada, undan maqsadga muvofiq ravishda 
foydalanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Harakat faolligiga ta’sir ko‘rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik 
turlarga bo‘linadi. Stenik emotsiyalar va sezgilar faol harakatga undaydi, inson 
kuchlarini to‘playdi. Xuddi shunday, quvonch va ilhomlanish hislari insonni 
energiyaviy faoliyatga rag‘batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo‘shashtiradi, 
faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‘xtatadi. 
Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, 
hulq-atvorni bezovchi emotsional holat. Uni individning shaxsiy tomonlarini, asosiy 
hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, qulay 
yoki noqulay sharoit, odamlar munosabatlaridagi madaniyat darajasi, ichki holat 
kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi. Kayfiyatda hissiyotlar va 
sezgilarning rag‘batlantiruvchi vazifasi, ularning inson faoliyatiga ta’siri namoyon 
bo‘ladi. Kayfiyat ijobiy yoki salbiy, ma’lum jadallik, ifodalanish, zo‘riqish va 
barqarorlikka ega bo‘lishi mumkin.
Emotsiyalar va sezgilar ta’siridagi psixik faollikning eng yuqori darajasi 
ko‘tarinkilik, eng quyisi – apatiya deb ataladi. Psixik faoliyatning salbiy ta’sirlar 
tomonidan sezilarsiz darajada o‘zgarishi izdan chiqish holatidir. Insonning 
emotsional barqarorligi turli emotsiogen ta’sirlarga nisbatan hulq-atvorining


turg‘unligida ifodalanadi. Qiyinchiliklarga nisbatan barqarorlik, boshqa odamlar 
hulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi. 
Inson fikrlari va harakatlari yo‘nalishini belgilab beruvchi barqaror, chuqur va 
kuchli his ehtiros deb ataladi. Ehtiroslarning asosiy belgisi ularning amaliy natijaga 
ega bo‘lishi, irodaviy va emotsional holatlarning yagonaligidir. Ehtiros insonni 
hislar ob’ekti haqida astoydil o‘ylashga, ular asosidagi ehtiyojlarning qondirilishini 
to‘laqonli va yaqqol tasavvur etishga, bu qondirilish yo‘lida haqiqiy yoki bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan to‘siq va qiyinchiliklarni xayol qilish va har tomonlama o‘ylashga 
majbur qiladi. Ehtiroslar turg‘unligi, vaqt bo‘yicha insonga egalik qilish davomiyligi 
bilan xarakterlanadi. SHaxsning olamga nisbatan chuqur tanlangan munosabatining 
ifadalanishi sifatida ehtiroslar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. 
Turli sezgilar (hidlar, ranglar, tovushlar va h.k.) biz uchun yoqimli, neytral 
yoki yoqimsiz bo‘ladi. Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy 
jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. YOqimli suhbatdosh, 
kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, hushchaqchaq 
sayohat, og‘ir ish kabilar. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-
biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha 
so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda 
emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga 
kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Emotsional javob – jismli muhitdagi joriy 
o‘zgarishlarga nisbatan operativ emotsional ta’sirlanish. Go‘zal manzarani ko‘rib 
qoldingiz – emotsional javob yuzaga keldi. Bu javob insonning emotsional 
qo‘zg‘aluvchanligi, emotsional tonusi bilan belgilanadi. Emotsional javobning 
turlaridan biri sintoniya – boshqa odamlar emotsional holatini birga qayg‘urish – 
insonningmuhim ijtimoiy sifati hisoblanadi. Nizoli asosidagi emotsional holatlarga 
stress, frustratsiya, affekt kiradi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin