universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo‘lib chiqishini yaxshi
biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o‘qishni davom ettira beradi.
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim
xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini
anglashdan iboratdir.
Odamning irodaviy harakati to‘la-to‘kis determinizmga, ya’ni
sababiy
bog‘lanish qonuniga bo‘ysunadi. SHu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita
sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan
turli-tuman hayotiy
sharoitlar bo‘lishi mumkin.
Odamning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan bog‘langandir. Irodaviy
faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt
shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq ravishda irodaviy
xarakatlar odam to‘la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi.
Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko‘p jihatdan o‘zini ma’lum
sharoitda anglaydi, o‘z
hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin.
Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta
o‘ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-
harakatlarni
irodaviy harakat deb bo‘lmaydi. SHu bilan birga iroda avvaldan mavjud
bo‘lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so‘ng hosil bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan qoniqishga butun e’tiborini qaratishdan iboratdir.
Ko‘p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g‘alaba qozonish emas,
balki o‘z-o‘zini engish hamdir. Bu ayniqsa,
muvozanatsiz, hissiy, qo‘zg‘aluvchan,
sust kishilarga xos bo‘lib, o‘zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan
kurashishga to‘g‘ri keladi.
Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz
katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod
boshqa tirik mavjudotlardan
o‘zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib
turadi.
Irodaviy ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv
– fiziologik asosida bosh miya katta yarim
sharlari po‘stlog‘ining shartli reflekslar hosil
qilishdan iborat bo‘lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy
harakatlar har doim
to‘la ongli harakatlar bo‘lgani uchun bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladigan
optimal qo‘zg‘alish manbalari bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Bu haqda akademik
I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog‘da
xuddi shu sharoitning o‘zida ma’lum darajada optimal (har holda o‘rtacha bo‘lsa
Dostları ilə paylaş: