12. Mavzu: shaxsiy xissiy va irodaviy soxasi. Reja


 Irodaning nerv-fiziologik



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix02.11.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#67190
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
12.MAVZU

15.2. Irodaning nerv-fiziologik 
asoslari 
 


kerak) qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim 
joylaridagi nerv faoliyatidan iborat”.
Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi 
signallar tizimining faoliyati bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, odam ayrim nojo‘ya 
harakatlardan o‘zini so‘zlari orqali (ya’ni o‘ziga-o‘zi pand- nasihatlar qilish yoki 
tarbiya berish orqali) ushlab qoladi. SHuning uchun irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni 
amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Ana shu sababdan 
bo‘lsa kerak akademik I.P.Pavlov ikkinchi signallar tizimiga baho berib, bu signallar 
tizimi insonlar hulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir” – 
degan edi. SHuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar 
tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Agar ikkinchi signallar tizimi o‘z faoliyatida 
birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks ettirish jarayoni ma’lum bir 
tizimli, ma’noli bo‘lmaydi. Ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga 
asoslanishi bilan birga uning faoliyatini boshqarib, nazorat qilib turadi. Demak, 
irodaviy, ixtiyoriy harakatlarda ikkinchi signallar tizimi bilan birga birinchi signallar 
tizimi ham ishtirok etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy 
normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, uzoq davom etadigan 
qattiq kasallikdan so‘ng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi 
bo‘shashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi 
zaiflashib, irodasi bo‘shashib ketadi. Ana shuning uchun irodaning mustahkamligini 
ta’minlash maqsadida odam vaqti – vaqti bilan dam olib turishi kerak.
Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlang‘ich 
nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi 
va shu maqsadning o‘rtaga qo‘yilishidir va 
uning tuzilishini quyidagicha izohlash 
mumkin. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin