Favqulotda holatlar. Hosilning yo’qolishi, stixiyali (o’z-o’zidan sodir bo’lgan) qashshoqlik, tabiiy ofatlar va h.k. kabi favqulotda holatlar mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Savdo cheklovlari. To’lov balansigamamlakatlarning bir-biriga nisbatan qo’llayotgan diskriminatsiyalari, protektsionistik harakatlari, xususan mamlakatlarning o’zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik munosabatlariga qarshilik qiluvchi bojxona to’siqlari to’lov balansida o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi.
To’lov balansining davlat tomonidan tartibga solinishi - bu, davlatni to’lov balansining asosiy moddalarini shakllantirishga hamda paydo bo’lgan taqchillikni moliyalashtirishga yo’naltirilgan iqtisodiy, jumladan, valyuta, moliya, pul-kredit tadbirlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan faoliyatining umumiy yig’indisidir.
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblari va valyuta-iqtisodiy holatiga bog’liq holda to’lov balansini boshqarishning, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni rag’batlantirish yoki qisqartirishga yo’naltirilgan turli usullari mavjud. To’lov balansida taqchillik mavjud bo’lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag’batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:
Deflyatsion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo’naltirilgan holda, o’z ichiga byudjet mablag’larini aholiga kamroq ishlatish, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning eng asosiy instrumentlaridan biri bo’lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: byudjet taqchilligini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o’zgartirishi (diskont siyosati) kredit cheklovlari, pul muassasining o’sib borishiga chegara ko’yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko’rsatkichi va to’la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyatsiya siyosatini qo’llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi.
Devalvatsiya. Milliy valyuta kursi(boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan qadri)ning pasaytirilishi. Bu tadbir milliy eksportni rag’batlantirish va importni jilovlash bilan bog’liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to’lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o’tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport potentsiali va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag’batlantirishi mumkin.