Davlat to’lov balansiga tartibga solishga (valyuta interventsiyalari ko’rinishida) aralashmasa quyidagi tenglik bajarilishi lozim.
Joriy operatsiyalar hisobi balansi qoldig’i
|
=
|
Kapital va moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar hisobi balansi qoldig’i
|
To’lov balansida balanslashtiruvchi modda sifatida, XVF taklifiga ko’ra mamlakat valyuta zaxiralari (oltin, xorijiy valyuta, XVFdagi mamlakatning zaxira pozitsiyasi, SDR aktivlari) bilan amalga oshirishgan operatsiyalar, valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlat organlarining xalqaro tashkilotlar oldidagi majburiyatlari, SDRlar taqsimoti olingan.
“Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” moddasi. To’lov balansini tuzishda ma’lumotlar turli manbalardan olinganligi, ikki yoqlama yozuv tamoyilini (debet teng kredit qiymatiga) hisobga olgan holda yakuniy hisobga “Sof xatolar va o’tkazib yuborishlar” (“Errors and omissions”) moddasi kiritiladi. Ya’ni mazkur modda orqali to’lov balansining debeti uning kredit qismiga tenglashtiriladi. Ushbu modda texnik xususiyatga ega bo’lib, uni to’liq va aniq iqtisodiy tavsifi mavjud emas.
Qaysi mamlakatda tashqi savdo operatsiyalarining hisobi aniq yuritilsa, mustahkam va barqaror tendentsiya bilan o’zgarsa, mazkur modda qiymati katta bo’lmaydi (ya’ni eksport yoki import hajmiga nisbatan u 5-7% darajasida bo’lsa, o’rta (normal) holat hisoblanadi). Qaysi bir mamlakatda qashshoqlik yoki noqonuniy kapital chiqishi yuqori bo’lsa, mazkur moddaning qiymati ham katta shuncha katta bo’ladi.
4. To’lov balansiga ta’sir etuvchi omillar va uni tartibga solishning asosiy usullari
To’lov balansi mamlakatning jahon xo’jaligidagi ishtiroki, ko’lami, tarkibi va tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirib, unda, bular bilan birga quyidagilar ham aks etadi:
- tovarlar, kapital va xizmatlar importiga bo’lgan talab va eksport taklifi bilan aniqlanadigan milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy muvozanatsizlik;
- iqtisodiyotni bozor va davlat orqali tartibga solish holatidagi o’zgarishlar;
- bozor kon’yunkturasidagi omillar (xalqaro raqobat darajasi, inflyatsiya, valyuta kursining o’zgarishi va h.k.).
Mamlakatning to’lov balansi holatiga ko’p omillar ta’sir etadi. Biroq, ulardan eng asosiylari sifatida qo’yidagilarni ko’rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |