12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Jаmiyat vа shaxs. Shaxs tushunchаsi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə14/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

11.Jаmiyat vа shaxs. Shaxs tushunchаsi.

Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).

Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda.

Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.

shahrining shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.

Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiytarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiymaʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi.

shahrining hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin