Neotomizm — XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo’lib, u o’rta asrlardagi (XIII asr)
Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma»,
transkripsiyada «toma» bo’lib o’zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti
demakdir. Bu ta’limotga ko’ra, ilm va e’tiqod o’rtasida to’la muvofiqlik, uyg’unlik bor. Ular bir-
birini to’ldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan xaqiqat.
Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e’tiqod qo’llanishi kerak.Lekin bu e’tiqod
ko’r-ko’rona, shunchaki ishonch bo’lmay, balki mantiqan teran anglangan e’tiqod bo’lishi kerak.
Xudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib,
falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.
Neokantchilik XIX asr o’rtalarida shakllangan va XX asr boshlarida rivojlangan edi. Uning
vakillari I. Kant o’z davrida qo’ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda
tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko’ra, inson dunyoga bir martakeladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o’zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, insonhayotidan kimdir o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas.
Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o’zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki
jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o’z haq-huquqlariniyaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va
boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm G’arbda X1Xasrning 20 — yillarida paydo bo’lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning
fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo’la olmaydi. Falsafa — obyektiv reallikni emas,balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o’rganib, tahlil qilib ularnimantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
XX asrning 30 — yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya — tom
ma’noda mavjud bo’lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo’nalishdagi
ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g’oyalari asosida umumlashtirdi.
Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o’rtasida ommaviy tus oldi. Shuning
uchun ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo’lib qoldi