59.Fаlsаfаdа hаqiqаt muаmmоsi. Аmаliyot hаqiqаtning mеzоni.
Hаqiqаt tushunchаsi. Nisbiy vа mutlаq hаqiqаt. Insоn bilishining mаqsаdi. Bilim vа hаqiqаt. Hаqiqаtning mеzоnlаri. Hаqiqаt vа qаdriyatlаr. Аmаliyot hаqiqаt mеzоni. Аmliyot turlаri (shаkllаri).
Haqiqat — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obʼyektiv reallikka mos kelishi. H. insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi. Antik davr mutafakkirlari (Epikur, Demokrit, Lukretsiy) H.ni bilimlarimizning narsa va hodisalar mohiyatini ifodalashga mos kelishi sifatida tushunganlar. Bunday tushunish yangi davr faylasuflariga (F.Bekon, B.Spinoza, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, M.V.Lomonosov, L.Feyerbax) ham xosdir
Mutlaq, Absolyut (lot. absolutus — shak-shubhasiz, cheklanmagan, mutlaq) — shak-shubhasiz, shartsiz, hech qanday shart-sharoitlarga bogʻliq bulmagan, cheklanmagan, poyoniga yetgan, mukammal degan maʼ-nolarni bildiruvchi tushuncha (mas, M. haqiqat, M. monarxiya, M. chempion va boshqalar). Nisbiy tushunchasining teskarisi. M. tushunchasi koʻproq falsafada qullanadi. F. Shelling M. borliq deb cheklangan vokelikni, Gegel M. ruh deganda olamning abadiy oʻzgarmas birlamchi asosini, yaʼni oliy dunyoviy aqlni tushungan
Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi.
Dostları ilə paylaş: |