12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Diаlеktik tаfаkkur vа uning muqоbillаri: sоfistikа, eklеktikа, mеtаfizikа,dоgmаtik tаfаkkur, hоzirgi zаmоn diаlеktikаsi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə57/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

57.Diаlеktik tаfаkkur vа uning muqоbillаri: sоfistikа, eklеktikа, mеtаfizikа,dоgmаtik tаfаkkur, hоzirgi zаmоn diаlеktikаsi.

Dialektika [yun. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. "D" tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida D. muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qad. zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida D. turlicha talqin qilingan. "D" soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U D.ni bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit ijodida D. oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, D.— muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi D.si vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq D.sidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan 18-asrgacha D. oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon D.ni narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno D.ni qara-maqarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot deb taʼkidlashgan. Kantnit fikricha, D. voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel D.ni borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida D.ning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda D. (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin D.ni vokelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish qaqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya D. qonunlarida insoniyatning yalpi baxtsaodatga borish kafolatini koʻradi. 20-asr Gʻarb falsafasida D. neogegelchilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.

Sofistika (yun. sophistike — hiylagarlik bilan munozara olib borish) — 1) Yunonistonda sofistlar yaratgan falsafiy oqim. Uning yirik vakillari: Gorgiy (taxminan mil. av. 483—375), Protagor va boshqa; 2) mantiq qonunlarini atayin buzib, yolgʻon dalillarga asoslangan holda muhokama yuritish. S. tashqi tomondan toʻgʻri boʻlib tuyuladigan, aslida esa mantiqiy xato mulohazalarga tayanadi (yana q. Sofizm).

Eklektizm, eklektika (yun. — tanlovchi) — turli xil, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarash, gʻoya, nazariyalarning "eng yaxshisi"ni tanlab olishga intilish. Dastlab soʻnggi yunon falsafasida paydo boʻlgan. "E." terminini aleksandriyalik Potamon (2-asr) qoʻllagan va oʻz maktabini eklektik maktab deb atagan. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va muhim boʻlmagan, asosiy va asosiy boʻlmagan xususiyatlari, ular oʻrtasidagi bogʻlanishlar yuzaki ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bogʻlanishlariga aniq, muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shartsharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo boʻladi. Tasviriy sanʼat va meʼmorlikda E. turlituman, oʻzaro nomuvofiq badiiy unsurlarni birlashtirishdir. Odatda, yirik badiiy yoʻnalishlarning inqirozi davriga xos. E. xususiyatlari, jumladan, qadimiy Rim sanʼatining soʻnggi davri (Yunoniston, Misr, Old Osiyo va boshqalar sanʼatida oʻzlashtirilgan shakllar qoʻshilishi)da koʻzga tashlanadi. Uygʻonish davrining buyuk namoyandalari ijodining eng yaxshi tomonlarini qoʻshib mukammallikka erishish mumkin deb hisoblagan Bolonya maktabi vakillari ham E.ga moyil boʻlgan. E. turli uslublarning shakllarini toʻgʻridantoʻgʻri qoʻllagʻan 19-asr 2-yarmi meʼmorligi (ayniqsa, interyerlarni bezash) uchun ham xos boʻlgan, biroq uning meʼmoriy va bezak E.i oʻzining keng koʻlami, mohiyati eʼtibori bilan yaxlit bir "modern" uslubini shakllanishiga muhim taʼsir koʻrsatdi. 20-asr oʻrtalaridan E. anʼanalari Gʻarbiy Yevropa va Amerika badiiy madaniyatida keng tarqaldi

Metafizika (yun. meta ta physika — fizikadan soʻng) — borliqning sezgilardan yuqori turuvchi pritsiplari va umumiy asoslari toʻgʻrisidagi fan. 

M. voqelikka yondashish, uni oʻrganish uslubi, metodidir. Voqelikni faqat toʻxtovsiz oʻzgarish, rivojlanish jarayonida tadqiq etib boʻlmaydi. Shu sababli voqelikning muayyan qirrasi, tomoni, holati, jihatini voqelikdan ajratib oʻrganishda, uni mavhumlashtirish, umumlashtirish, ideallashtirishda M.ning tadqiqot metodi fanda kerak boʻladi. Hozirgi zamon falsafasida ham M.ga ikkiyoqlama munosabat mavjud. M.ni ratsionalizm nuqtai nazaridan yoklovchilar ham, uni mavhum ontologizmni ifodalovchi quruq falsafabozlik deb qarovchilar ham topiladi. Umuman olganda, M. olamga yondashishning bir falsafiy usulidir. Uni biryoklama inkor etish ham, mutlaklashtirish ham toʻgʻri emas. M. bilish metodi, voqelikni anglashda metodologik moʻljal boʻlishi mumkin. Bu metoddan boshqa metodlar bilan umumiy birlikda foydalanish maqsadga muvofikdir.

Dogmatizm, aqidaparastlik — tanqidiy nuqtai nazardan tekshirmay, aniq sharoitni hisobga olmay koʻr-koʻrona fikr yuritish usuli. Falsafada Dogmatizm biror tezisni falsafiy tizimga asos qilib olib, uning haqiqatligini isbot qilish shart emas deb fikr yuritishda namoyon boʻladi. Qadimgi davrda falsafada hamma narsani shubha ostiga oluvchi skeptiklarga qarama-qarshi oʻlaroq ijobiy fikr va taʼlimotni ilgari suruvchilarni dogmatiklar deb atashgan. Immanuil Kant tajriba va kuzatuv bilan hisoblashmay, inson aql-zakovati bunga haqlimi-yoʻqmi deb oʻylamay metafizik fikrlovchilarni dogmatiklar deb hisoblagan. Dogmatizm diniy taʼlimotda qat'iy, hech bir eʼtirozga yoʻl qoʻymaydigan aqidalarga rioya qilishda, fan sohasida esa, tayin tarixiy sharoitlarni hisobga olmay oʻzgarmas qonun va qoidalarni tan olishda namoyon boʻladi. Dogmatizmga asoslangan tafakkur usuli ilmiy bilishga zid, nazariya bilan amaliyotning bir-biridan ajralib qolishi natijasidir. D. hukm surgan joyda turgʻunlik, jaholat, karaxtlik, qotib qolish, mutaassiblik paydo boʻladi. Yaqin oʻtmishdagi shoʻrolar tuzumi davrida fan, falsafa, iqtisodiyot, adabiyot va sanʼat sohalarida dogmatik fikrlash usuli hukmronlik qildi. Iqtisodiy, siyosiy tashkilotlar va ular ishidagi buzilishlar ilmda sotsializmning asosiy mohiyatini tashkil etuvchi tomonlar sifatida koʻrsatilar va mutlaqlashtirilar edi. Bu xulosalar esa ijtimoiy fanlarga bahslashib boʻlmaydigan dogma sifatida kiritilib, nazariy fikrlarning ijodiy taraqqiyotiga toʻsiq boʻlib qolgan edi. Shunday sharoitda kimki yangi ilmiy muammoni koʻtarib chiqsa, ijodiy fikr yuritishga urinsa, u sotsializm dushmani deb eʼlon qilinar edi. Natijada ijtimoiy fan vakillari orasida sotsialistik jamiyatni tanqidiy tahlil qilish mumkin emas, degan fikr keng yoyilgan edi. SSSR parchalangandan soʻng ilm-fan va b. nazariy hamda amaliy faoliyatda ijodiy fikr yuritish imkoniyati vujudga keldi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin