12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Ijtimoiy prognozlashtirish muammosi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə60/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

60.Ijtimoiy prognozlashtirish muammosi.

Ijtimoiy bashorat tushunchasi: uning tiplari, metodlari. Bashoratning turlari 

Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya'ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob'ektiv va sub'ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma'lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.

Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning uch turini farqlash mumkin: 1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat. kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqyealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi.

Bashoratning ikkinchi turi – intuitiv bashorat. Ma'lumki, intuitsiya – bu ilmiy tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetish. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga yetarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan faktlar ma'lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan.

O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoir Aleksandr Pushkinga uning hayotidagi muhim voqyealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin