92.Yangi davr falsafasining rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy sharoit.
Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.Bugungi kunga kelib ko`pgina falsafiy oqimlar o`zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo`shimchani qo`shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.Fanning jamiyat hayotidagi o`rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — ssiyentizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni xal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Ssiyentizm G`oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi — antissiyentizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko`rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoklarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antissiyentizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga kuymaslik talabi bilan bog`liqdir.
Antissiyentizmning ayrim uta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to`xtatib guyish G`oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, ХХasr falsafasida bir-biriga muqobil bo`lgan yo`nalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, ssiyentizm va antissiyentizm, materializm va idealizm o`z o`rniga ega bo`lmoqda.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko`pchilik nemis olimi Artur Shopengauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon bo`lishi, irodani esa ongsiz kur-kurona intilish tarzida tushunadi. Maxlukotlarning instinktlari, xatti-haraqatlari — irodaning namoyon bo`lishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona bo`lgan irodaning natijasidir.
Dostları ilə paylaş: |