12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə94/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

117.Qonun tushunchasi.

Qonun (falsafada) — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obʼyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Q.lari deb yuritiladi.Voqelik Q.larining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Q.lari deyiladi. Shu jihatdan fan Q.lari voqelik Q.larining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Q.lari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Q.lari, jamiyat Q.lari, tafakkur Q.lariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Q.ni asoslashga yetarli emas.Zaruriylik Q.ning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir.Q. tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat Q.dan farqli ravishda sistemaning oʻzgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yoʻnalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda oʻrganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil koʻrinishda bashorat qilinadi, yaʼni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bogʻlangan boʻladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida boʻlib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan ehtimollar nazarda tutiladi, yaʼni bunda bir qancha oʻzaro bogʻlangan aloqadorliklar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. Qlar obʼyektlar oʻrtasidagi, sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari oʻrtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Q.lar oʻzining umumiylik darajasi va taʼsir etish doirasiga koʻra, xususiy. umumiy va eng umumiy Q.larga boʻlinadi. Xususiy Q.lar narsa va hodisalar oʻrtasidagi nisbatan tor doiragi achoqalarni funknional tarzda aks ettiradi (mas. mexanikada tezliklarni qoʻshish Q.lari). Umumiy Q.lar narsa va hodisalarning umumiy xossalari oʻrtasida munosabatni, eng umumiy Q. lar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini, tendensiyalarini ifodalaydi. Butun olam tortishish Q.i umumiy Q.ga, olamning rivojlanish Q.lari esa engʻ umumiy Q.ga misol boʻlishi mumkin.Umumiy Q.lar bilan xususiy Q.lar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin