12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)
115.Hqiqat tushunchasi. Haqiqatning asosiy shakllari.
Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o‘zining mazmuniga kola mutlaq va nisbiy bolishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy xarakterga ega bolib, ularning majmuasidan mutlaq haqiqat vujudga keladi.Haqiqat o‘z mazmuniga kola hamisha obyektivdir.Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xohish-irodasiga bogliq emasdir.Masalan, 0 ‘zbekistonning milliy mustaqilligi obyektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki ol- masligidan qat’i nazar, bu haqiqat o‘z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin buzish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh boladi va o‘z qadrini yo‘qotadi. Shuningdek, haqiqat hech qachon mavhum emasdir.U hamisha konkretdir. Hegel so‘zlari bilan aytganda, nimaiki voqe bo‘lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vo- qelikdir. Haqiqat mazmunining konkret xarakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.
H.ning obʼyektiv, mutlaq, nisbiy shakllari bor. Amaliyot tasdiklagan har qanday bilim obʼyektiv H.dir. Bunda olamdagi narsa va hodisalar mohiyati inson ongiga bogʻliq emas (H. mazmunan obʼyektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida subʼyektivdir). Borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi toʻliq, aniq, mukammal bilimlar mutlaq H.dir. Nisbiy H. obʼyek-tiv H.ning baʼzi tomonini, boʻlagini, qismini aks ettiruvchi bilimdir, u obʼyektni toʻla, mukammal aks ettira olmaydi.Bilish nisbiy H.lardan mutlaq H.lar tomon rivojlanib boradi.Har qanday mutlaq H. nisbiy H.larning cheksiz rivojlanib bori-shidan vujudga keladi, har bir nisbiy H.da esa mutlaq H.ning zarrasi mavjud boʻladi.Ilmfan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy H.lar sifatida mutlaq H.ning mazmuniga yangi-yangi zarralar qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. H. hamisha kon-kretdir, mavhum H. yoʻq. Har bir bilimning haqiqatligi maʼlum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bili-shining imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq.