Cmd oynasidagi joriy papkasidan chiqish uchun cd.. buyrug‘idan foydalaniladi:
14.4- rasm. cd.. buyrug‘idan foydalanish
Openssl kutubxonasi uchun foydalanadigan certificate papkasiga quyidagi buyrug’ orqali ochiq ma’lumotni xosil qilib olamiz:
14.5- rasm. Ochiq ma’lumot ko’rsatiladi
14.6- rasm. Ochiq ma’lumot joylashuvi
14.7- rasm. Opensslni ishga tushirish
14.8- rasm. Opensslda md5
Topshiriq Asosiy matn xesh algoritmlaridan foydalangan holda matni butunligi ta’minlansin va qadamma – qadam izohlansin. Shuningdek Openssl kutibxonasidan foydalangan holda matni xesh qiymatini olish amalga oshirilsin.
Nazorat savollari Xesh funksiyalar va ularning vazifasi nimadan iborat.
MD5 xesh funksiyasini tavfsiflang.
SHA1 xesh funksiyasida foydalanilgan matematik amallarni keltiring.
15-Amaliy ish Mavzu: Xesh qiymatlarni kalitlarni to‘liq tanlash usuli bo‘yicha aniqlash Ishdan maqsad: Xesh qiymatlarni kalitlarni to‘liq tanlash usuli bo‘yicha bilim va ko’nikmalariga ega bo‘lish.
Nazariy qism To‘liq tanlash, yaʼni kalitlarning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini tanlash usuli, kriptotaxlilchining nosimmetrik kriptotizim algoritmini va oshkora kalitni bilgan xolda barcha mumkin bo‘lgan kalitlarni tanlash va sinab ko‘rishga asoslanadi. Simmetrik kriptotizimlarda ham shifrmatn va ochiq matn asosida tuliq tanlash usuli qo‘llaniladi. Kriptotaxlilchilar ko‘pincha kompyuter yordamida kalitlarni to‘liq tanlash usulidan foydalanib shifrlarni oshkor etadilar. Kriptotaxlil jarayonida milliard kalitlarni sekundiga minglab kalit tezlikda tanlashga to‘g‘ri keladi.
Faraz qilinsin, buzg‘inchi uchun bir yoki bir necha (x, y) juftlik maʼlum bo‘lsin. Osonlik uchun xar qanday juftlik (x, y) uchun Ek(x)=y munosabatni qanoatlantiruvchi yagona k kalit mavjud bo‘lsin. Mumkin bo‘lgan kalitlar to‘plamini tartibga solinadi va K dagi kalitlarni ketma-ket ravishda Ek(x) =y tenglik bajarilishiga tekshirib chiqiladi. Agar k K kalitning bir variantini tekshirish bir amal yordamida hisoblansa, unda kalitlarni to‘liq tanlash uchun |K| amal talab etiladi. Bunda |K| - to‘plamdagi elementlar soni. Shifrlash sxemasida kalit tasodifiy va teng extimollik bilan K to‘plamdan tanlangan bo‘lsin. Bunda kalit 1/|K| extimollik bilan bilan topiladi va to‘liq tanlash usulining ish xajmi 1 ga teng bo‘ladi.
Misol uchun shaxsiy kalit uzunligi 100 bit bo‘lsa, unda barcha shaxsiy kalitlar soni 2100 ga teng, yaʼni kalitlar to‘plami quvvati |K| =2100. Shaxsiy kalit uzunligi 56 bit bo‘lganda, barcha mumkin bo‘lgan shaxsiy kalitlar soni |K| =256 0.51017 ga teng. Bunda, agar hisoblash qurilmasi xar bitta maxfiy kalitga mos oshkora kalitni hisoblash va uni xech qiyinchiliksiz taqqoslash uchun 10-6 sekund vaqt sarflasa, 24 soatda barcha kalitlarni sinab chiqish uchun 5.787*105 ta EXM kerak bo‘ladi.
Shuning uchun xam shaxsiy va shifrlashda foydalaniladigan kalitni topishni murakkablashtirish maqsadida shaxsiy kalitlar uzunligi 127-159 bitdan katta bo‘lgan uzunlikda generatsiyalanadi.
Kalitlarni to‘liq tanlash usulida sarflangan vaqt foydalanilgan kompyuter imkoniyati va kalit uzunligiga bog‘liq.
quyida keltirilgan jadvalda turli uzunlikdagi parollarni (ular turli 36 ta belgidan iborat bo‘lishi mumkin) sekundiga 100 000 parolni hisoblash imkoniga ega kompyuterda xosil qilish vaqtlari keltirilga
15.1-jadval
Kalitlarni to‘liq tanlash usuli
Belgilar soni
Variantlar soni
Bardoshligi
Vaqti
1
36
5 bit
Sekundan kam
2
1296
10 bit
Sekundan kam
3
46 656
15 bit
Sekundan kam
4
1 679 616
21 bit
17 sekund
5
60 466 176
26 bit
10 minut
6
2 176 782 336
31 bit
6 soat
7
78 364 164 096
36 bit
9 kun
8
2,821 109 9x1012
41 bit
11 oy
9
1,015 599 5x1014
46 bit
32 yil
10
3,656 158 4x1015
52 bit
1 162 yil
11
1,316 217 0x1017
58 bit
41 823 yil
12
4,738 381 3x1018
62 bit
1 505 615 yuz yil
Parollarni yoki kalitlarni to‘liq tanlash usuli asosida topishda turli dasturiy vositalar foydalaniladi. Quyida parollarni aniqlashda foydalaniladigan Rainbowcrackdasturi haqida to‘xtalib o‘tilgan.
Ma’lumki parollar bazada saqlanishda uning o‘zi emas, balki uning xesh qiymati saqlanadi. Ushbu xesh qiymatni qaysi ma’lumotga tegishli ekanligi aniqlashda ushbu dasturiy ta’minotdan foydalaniladi. Ushbu dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun quyidagi ketma – ketliklarni bajarish talab etiladi.
Rainbowcrack dasturiy vositasini ko’chirib olinadi. Uning hozirgi kundagi oxirgi versiyasi rainbowcrack-1.6.1.
Ushbu dasturiy vositadan foydalanishda jadvallar (ko‘p xesh qiymatlardan iborat bo‘lgan) zarur bo‘ladi. Ushbu jadvallar turli alifbolar uchun mavjud (alifbodagi belgilarning soniga va tarkibiga ko‘ra jadvallar ko‘p bo‘lishi mumkin). Bu alifbolarni dasturiy vositaning veb sahifasi orqali ko’chirib olish mumkin yoki foydalanuvchini o’zi hosil qilish mumkin. Alifbolarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
numeric = [0123456789]
alpha = [ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ]
alpha-numeric = [ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ0123456789]
loweralpha = [abcdefghijklmnopqrstuvwxyz]
loweralpha-numeric = [abcdefghijklmnopqrstuvwxyz0123456789]
mixalpha = [abcdefghijklmnopqrstuvwxyzABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ] mixalpha-numeric =
[abcdefghijklmnopqrstuvwxyzABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ0123456789]
ascii-32-95=[!"#$%&'()*+,-
./0123456789:;<=>?@ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ[\]^_`abcdefghijklmnopqrstuvwxyz{|}~]
ascii-32-65-123-4=[!"#$%&'()*+, ./0123456789:;<=>?@ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ[\]^_`{|}~]
alpha-numeric-symbol32-space=
[ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWXYZ0123456789!@#$%^&*()-_+=~`[]{}|\:;"'<>,.?/ ]
Ushbu labaratoriya ishida ikkinchi usulda foydalanilgan holda jadvallarni hosil qilish ko‘rib chiqiladi. Buning uchun kiritilgan parolning uzunligi (minmal va maksimal, oraliqda) va qaysi alifbodan foydalanganligi qanchalik ma’lum bo‘lsa, ushbu dasturdan natija olish shuncha aniq bo‘ladi. Ushbu labaratoriya ishida alifbo sifatida “abcdef” ni va parol uzunligini 4 ga teng deb olingan hol uchun qaraladi. Alifbo va parolning uzunligini ortishi hisoblash vaqtini ko‘p talab qiladi. Bundan tashqari parollarni xesh qiymatlarini hisoblashda foydalanilgan xesh funksiyasini bilish talab etiladi.
Dasturiy vosita ichidagi “charset.txt” deb nomlangan faylga yangi kiritilgan alifba “custom = [abcdef]” tarzida yoziladi va rcrack.exe dasturi ishga tushiriladi. Ushbu dastur buyruqlar oynasida ishlagani bois, undagi buyruqlar quyidagilardan iborat.
- rtgen hash_algorithm charset plaintext_len_min plaintext_len_max table_index chain_len chain_num part_index
15.2- jadval
Har bir buyruqning manosi
hash_algorithm
Xesh algoritmining nomi
charset
Alifboning nomi
plaintext_len_min
plaintext_len_max
Parollarning minimal va maksimal uzunliklari
table_index
Bu parametr kamaytirish funksiyasini tanlash uchun
foydalaniladi.
chain_len
Kattaliklarni saqlash uchun xotira yacheykasi o‘lchami.
Katta o‘lchamli xotira ko‘p uzunlikdagi parollar uchun.