13.3. Quduqlarni joylashtirish sistemasi to’rlarining yaxshi va yomon tomonlari. Quduqlarni joylashtirish sistemalarining ijobiy va salbiy tomonlari, ya’ni
yaxshi va yomon tomonlari mavjud.
1. Quduqlarni bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo’lgan
qatlamlar ustida qo’llaniladi. Bunday sistemani tabiiy gaz konlari gaz bosimi
rejimida ishlaganda tavsiya etiladi. Quduqlarni bir tekis joylashtirish sistemasining
yutuq tomonlari quyidagilar:
- bosimning bir tekis o’zgarishi va bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o’tganda
kam farq qilishi;
- quduqlarning debiti asosan qatlam bosimiga bog’liq;
- boshqa hamma sharoitlar bir xil bo’lganda quduqlar debiti boshqa
sistemalarga nisbatan ko’proq;
- konni ishlatish uchun kamroq quduqlar kerak;
- quduqlar ustida bosim asta-sekin tushadi, shuning uchun kompressorsiz
ishlatish davri uzunroq;
- past haroratli ajratish qurilmasi uzoqroq ishlaydi;
- nazariya jihatdan hisob kitob ishlari (formulalari) to’liq ishlab chiqilgan;
- hisoblash ishlari ancha oson.
Kamchiliklari:
- gaz yig’uvchi kommunikatsiyalarning uzunligi oshadi;
- suv bosimi rejimi bo’lsa suv tezroq bostirib kira boshlaydi.
Nazariy tadqiqotlarga ko’ra quduqlarni bir tekis joylashtirish sistemasi
qo’llanganda to’rni zichlashtirish akoeffitsiyentining kamayishiga olib keladi, v esa
o’zgarishsiz qoladi. Bu esa bir vaqtning o’zida kichik depressiya bilan ko’proq gaz
olish mumkinligini ko’rsatadi. Quduqlar sonining ortishi gaz olish miqdorining
oshishiga olib keladi va konning tezroq tugashiga olib keladi.
2. Batareya usulida quduqlarni joylashtirish.Batareya usulida quduqlarni
joylashtirish usuli gazkondensat konlarida qatlam bosimini ushlab turish vaqtida
qo’llaniladi.
Yutuqlari:
- gaz va kondensatni yig’ish sistemasining soddaligi;
- konni ishga tushirish vaqtini tezlashishi;
- jihozlash sistemasiga ketgan kapital harajatlar qisqaradi;
- gaz-suv kontaktini boshqarishga imkoniyat ko’proq bo’ladi.
Kamchiliklari:
- quduq tubi va quduq usti bosimlarining tez tushishi;
- qo’shimcha quduqlarni ertaroq qo’shish kerakligi;
- ishlashning kompressorsiz ishlatish davrining qisqarishi;
- hisob kitob ishlarining qiyinligi.