3. Quduqlarni kon markazida joylashtirish.
Yutuqlari:
- suvsiz ishlatish davrining uzayishi;
- quduqlar debitining kattaligi.
Kamchiligi:
- quduqlar
sonining belgilanganligi, ya’ni quduqlar sonini ko’paytirib
bo’lmasligi;
- siquv kompressor stantsiyasini qo’shish vaqti va uning quvvati hosil bo’lgan
umumiy depression voronkaning chuqurligiga bog’liqligi.
4. Quduqlarni notekis joylashtirish. Notekis
joylashtirish eng ratsionaldir,
ammo ishlashni loyihalashtirilayotganda quduqlarni qayerga joylashtirish masalasi
amalda yechib bo’lmaydigan masaladir.
13.4. Suv bosimi rejimining ta’sirini hisobga olish.
Suv bosimi rejimida gazlilik maydoni bo’ylab
quduqlarni ratsional
joylashtirish sistemasini tanlash uchun quduqlarni
joylashtirishning turli
sistemalarining gazogidrodinamik va texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini
aniqlash
zarur. Lekin bu holatda gazogidrodinamik hisob usullari ancha murakkablashadi.
Suv bosimi rejimida
masala konning tuzilishi,
qatlamning kollektorlik
xususiyatlari va ularning uyum maydoni va qatlam qalinligi bo’yicha o’zgarishi
to’g’risida mukammal geologik ma’lumotlar zarurligi bilan murakkablashadi. Kam
quduqlar soni bilan loyihalashtirishning dastlabki
davrlarida bunday aniq
ma’lumotlarni olish juda murakkab masala.
Shuning uchun konda suv bosimi rejimi bo’lsa quduqlarni joylashtirish to’rini
tanlashda eng avvalo quduqlarni suv bosmasligi e’tiborga olinadi. So’ngra to’r
texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar asosida tanlanadi.
Nazorat savollari
13.1. Gazlilik maydonida quduqlarni joylashtirish.
13.2. Quduqlarni joylashtirish sistemasining asosiy turlari.
13.3. Quduqlarni joylashtirish sistemasi to’rlarining yaxshi va yomon tomonlari.
13.4. Suv bosimi rejimining ta’sirini hisobga olish.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. B.SH. Akramov, R.K. Sidikxo'jaev, SH.X. Umedov. Gaz qazib olish bo'yicha
ma'lumotnoma., Toshkent. 2012.
2. А.И.Ширковский. Разработка и эксплуатация газовых и газоконденсатных
месторождений. // М: Недра, 1987- 347с.
3.
Правила разработки газовых и газоконденсатных месторождений.
4. Ermatov N.X., Avlayarova N.M., Azizova D.G’., Mo’minov A.T., Ashurov M.X.
Gaz, gazkondensat konlarini ishlatish. Darslik. –T. 281 bet
Internet ma’lumotlari.
www.Oilgas.ru
.
www.gubkin.ru
.
www.ziyonet.uz
.