13-ma’ruza Gaz konlarini ishga tushirishda quduqlarni joylashtirish Reja


 Quduqlarni joylashtirish sistemasining asosiy turlari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.03.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#86050
1   2   3   4
13-ma\'ruza

13.2. Quduqlarni joylashtirish sistemasining asosiy turlari. 
Tabiiy gaz konlarini ishlash nazariyasi va amaliyotida quduqlarni 
joylashtirishning quyidagi sistemalari keng tarqalgan: 
1. Quduqlarni bir tekis to’rtburchak yoki uchburchak to’r bo’yicha 
joylashtirish (3.3-rasm). 
2. Quduqlarni halqasimon yoki zanjirli to’r shaklida joylashtirish (3.4 va 
3.5-rasmlar). 


3. Quduqlarni uyum markazida joylashtirish (3.6-rasm). 
4. Quduqlarni shoxsimon ko’rinishda joylashtirish (3.7-rasm). 
5. Gazlilik maydon ustiga quduqlarni notekis joylashtirish (3.8-rasm).
3.3-rasm Quduqlarni bir tekis 
to’rtburchak yoki uchburchak 
to’r bo’yicha joylashtirish . 
3.4-rasm.Quduqlarni 
halqasimon to’r shaklida 
joylashtirish 
3.5-rasm. Quduqlarni zanjirli 
to’r shaklida joylashtirish 
3.6-rasm. Quduqlarni uyum 
markazida joylashtirish 


3.7-rasm. Quduqlarni 
shoxsimon ko’rinishda 
joylashtirish 
3.8-rasm. Gazlilik maydon 
ustiga quduqlarni notekis 
joylashtirish 
Gaz konlarini ishlash va loyihalashtirish amaliyoti nuqtai nazaridan 
quduqlarni bir tekis joylashtirish deganda shunday quduqlarni gazli maydonga 
joylashtirish sistemasi tushuniladiki, bunda ishlash jarayonida umumiy depressiya 
voronkasi hosil bo’lmaydi, ya’ni har bir quduq atrofida qatlam bosimi deyarli bir xil 
va o’rtacha qatlam bosimiga juda yaqin bo’ladi. 
Quduqlarni bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo’lgan 
qatlamlar ustida qo’llaniladi. Bunday sistemani tabiiy gaz konlari gaz bosimi 
rejimida ishlaganda tavsiya etiladi.
Quduqlarni bir tekis joylashtirish ikki xil bo’lishi mumkin: to’rtburchakli yoki 
uchburchakli usul. 
To’r bir tekis hisoblanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: 
;
~
const
q
i
i



const
Q
i
i




~
Bir xil sifatli qatlamlar uchun geometrik tekis to’rni qo’llash mumkin. 
To’rning formasiga avval burg’ilangan razvedka quduqlari va yer yuzasidagi shart-
sharoit ta’sir qiladi. To’rning formasiga turli faktorlar ta’sir qiladi. Bulardan 
quyidagilarni ko’rsatib o’tsa bo’ladi: konning o’lchamlari va formasi, ishlatish 
ob’ektlari soni, kon tuzilishining geologik xususiyatlari, kollektorlik xossalarining 
maydon bo’ylab taqsimlanishi, kon rejimi, ishlashning texnik iqtisodiy sharoitlari, 
geografik va iqlimiy sharoitlar, razvedka quduqlarining soni. 
Gaz va gazkondensat konlarini geologik tuzilishini o’rganish uchun razvedka 
quduqlari burg’ilanadi. Konni ishga tushirish bilan ko’pgina razvedka quduqlari 
qazib chiqaruvchi quduqlarga aylantiriladi. Shunga ko’ra razvedka quduqlarining 


joylashishi qazib chiqaruvchi quduqlarni joylashtirish sistemasiga ta’sir etadi. 
Shuning uchun amaliyotda gazli maydonda quduqlarni notekis joylashtirish 
sistemasi qo’llaniladi.
Konlarda quduqlarni joylashtirish ularning geometrik shakliga ham bog’liq. 
Har bir kon turlicha geometrik shaklda bo’lishi mumkin. Bu shakldagi konlarda 
quduqlar zanjirli yoki halqasimon usullarda joylashtirilishi mumkin. 
Ba’zi bir konlar borki, ularda quduqlarni faqat uyumlarning markazida
joylashtirish mumkin. 
Tabiiy gaz konlarining zaxiralari katta bo’lsa va geometrik shakli turlicha 
bo’lsa, quduqlar shoxsimon ko’rinishda joylashtiriladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin