13-ma’ruza: Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi Reja


ESHITISH KANALIGA SUV KIRISHI



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#198763
1   2   3   4
13-ma\'ruza surdo

ESHITISH KANALIGA SUV KIRISHI


Odatda, quloqqa suv kirganida, eshitish a’zosi tuzilishining anatomik xususiyatlariga ko’ra suyuqlik mustaqil ravishda quloqdan to’siqqa uchramasdan chiqib ketadi. Agar u qandaydir sabablarga ko’ra chiqib ketmasa, unga «yordam» berish kerak. Buning oddiy usullari bor:

  • Birinchi usul: boshingizni bir tomonga eging, qo’lingiz kaftini quloq suprasiga qo’ying, kuch bilan bosim bering va qo’yib yuboring. Qo’l bu yerda nasos sifatida harakat qiladi — ortiqcha suyuqlik tashqariga oqib chiqadi.

  • Ikkinchisi, ehtimol, har kimga bolalikdan tanish. Boshingizni bir tomonga egib, bir oyoqda sakrashni boshlang: agar suyuqlik o’ng quloqqa kirgan bo’lsa — o’ng oyoqda, chapga bo’lsa — chap oyoqda.

  • Uchinchi usul. Quloq suprasini sochiq bilan artib, chuqur nafas oling va ikkala burunni ham barmoqlar bilan qising. Barmoqlaringizni qo’yib yubormasdan, nafas chiqarishga harakat qiling, lekin og’zingizni ochmasdan! Ushbu manipulatsiyani to’g’ri bajarishda ortiqcha suyuqlik havo bilan tashqariga itariladi.

  • To’rtinchi usuli: Qaysi quloqqa suv kirganiga qarab, o’sha tomonni pastga qilib, vaqti-vaqti bilan yutinish harakatlarini amalga oshirgan holda bir muddat yonboshlab yotish kerak: suv o’zi oqib chiqib ketadi.

Agar usullarning hech biri natija bermasa va quloq ichidagi suyuqlik bezovta qilishda davom etadigan bo’lsa, otorinolaringolog yordami kerak bo’ladi.

OLTINGUGURTLI TIQIN


Oltingugurtli tiqin — bu quloq kirining quloqda to’planishi bo’lib, u vaqt o’tishi bilan qattiqlashadi va noqulaylik tug’diradi, quloq shang’illashi seziladi, eshitish qobiliyati pasayadi. Sog’lom kishida ortiqcha oltingugurt o’z-o’zidan bartaraf bo’ladi, masalan, chaynash paytida. Ammo ba’zi odamlarda oltingugurt mustaqil ravishda chiqib keta olmaydi, quloq kanali yaqinida yig’iladi, qattiqlashadi va tiqin hosil qiladi.

Bunday holda tiqinni o’z kuchingiz yordamida va ayniqsa o’tkir narsalar (gugurt cho’plari, tish tozalagich va boshqalar) yordamida olib tashlashga urinmang — bu holda nog’ora parda yoki chig’anoq to’qimalariga zarar yetishi muqarrar bo’ladi. Tiqinni olib tashlashni lor-shifokor amalga oshiradi. Ushbu muolaja juda ko’p vaqt talab qilmaydi: shifokor oldin yog’ yoki eritma bilan tiqinni yumshatadi, keyin maxsus shprits bilan quloqni yuvadi yoki Voyachek maxsus ilgaki yordamida tiqinni chiqarib oladi.

Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin