13-ma’ruza: Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi Reja



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə4/4
tarix27.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#198763
1   2   3   4
13-ma\'ruza surdo

Quloqning o’smalari juda kam uchraydi. Patologiyani aniqlash uchun KT va MRT ishlatiladi.

BOSHQA A’ZOLARNING PATOLOGIYASIDA QULOQ OG’RIG’I


Quloq og’rig’i eshitish a’zosi kasalliklari bilan bevosita bog’liq bo’lsa, og’riq sababini tashxislash va davolash odatda qiyin bo’lmaydi. Ko’rik vaqtida ko’rinarli patologiyalar bo’lmasa, quloq og’rig’idan aziyat chekayotganlarga yordam berish qiyinroq bo’ladi. Bunday hollarda otalgiya haqida gapiriladi — quloq og’rig’i mavjud, yallig’lanish esa yo’q.
Otaligiyaga olib keladigan kasalliklar quyidagilardan iborat:

  • Mastoidit. Odatda, kasallik otitning asorati sifatida rivojlanadi;

  • Eshitish yo’li ortida joylashgan chakka-pastki jag’ bo’g’imi kasalliklari. Ushbu bo’gimlar artrit, artroz, chiqishlar kabi patologiyaga duch kelishi mumkin, bu esa eshitish a’zosida og’riq hislariga olib keladi;

  • Stomatologik kasalliklar;

  • Umurtqa pog’onasi bilan bog’liq muammolar;

  • Halqumning yallig’lanishi (o’tkir tonzillit, faringit, paratonzillyar abstsess);

  • Halqumning onkologik kasalliklari;

  • Sinusit;

  • Nevralgik patologiyalar;

  • Bosh ichi o’smalari.

QULOQ OG’RIG’I KUZATILGANDA NIMA QILISH KERAK?


Ko’rib turganimizdek, og’riq sindromi turli sbablarga ko’ra yuzaga keladi. Uning asl sababni tushunish, to’g’ri tashxis qo’yish va quloq og’rig’ini samarali davolash faqat shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Quloq og’rishini davolash bilan otorinolaringolog shifokor shug’ullanadi. Bunday muammoga duch kelganda, darhol mutaxassis bilan bog’laning.
Afsuski, har doim ham darhol shifokor huzuriga tashrif buyurish imkoni bo’lmaydi. Odatda og’riq to’satdan va kechasi paydo bo’ladi. Birinchi navbatda og’riqni qoldirish — ibuprofen asosidagi og’riq qoldiruvchi dori qabul qilish kerak. U yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega va boshqa vositalar bilan solishtirganda samaraliroq hisoblanadi.
Agar og’riq tumov bilan birga kechsa, burunga tomir toraytiruvchi tomchilarni qo’llash ortiqchalik qilmaydi.
Ko’pgina bemorlar birinchi navbatda og’riqqa qarshi quloq uchun tomchi sotib olishga yugurishadi. Lekin har bir tomchi o’z ko’rsatmalariga ega: bir holatda ular yordam beradi, boshqasida — yo’q. Tomchilar universal vosita emas. Statistika shuni ko’rsatadiki, bemorlarning deyarli yarmi quloq og’rig’ini davolashda o’zlariga-o’zlari dori vositalarini noto’g’ri belgilashadi. Tomchilardan faqat tashxis to’g’riligiga ishonch komil bo’lganida foydalanish lozim.
Tomchilar jarohatlarda yordam bermaydi — bunday holatda og’riq qoldiruvchi qabul qilish va lor-shifokorga murojaat qilish yaxshiroqdir. Shifokor konsultatsiyaga qadar quloqqa issiq kompresslar qo’yilmasligi kerak. Masalan, yiringli otitda bilan bunday chora bemorning ahvolini yomonlashtiradi.
Shifokorga tashrif buyurishdan oldin bosh kiyimsiz sovuqqa chiqmang, quloqni chuqur qismidagi yiring ajralishidan tozalashga harakat qilmang, spirt asosli tomchilar tomizmang.
Odatda, o’rta quloqning yallig’lanishida antibakterial vositalar buyuriladi. Tashqi quloq yallig’lanishida — tomchilar shaklida antibiotiklar. Har qanday holda, lormutaxassis bilan maslahatlashish shart! Xalqona vositalar va uy sharoitida davolash uchun mo’ljallangan boshqa dori-darmonlardan faqat aniq tashxis qo’yilganidan so’ng foydalanish mumkin.

Adabiyotlar:
1.Po`latxo`jayeva M.. Toshkent -2013 y. (120- 136- betlardan olindi)
2. Mo‘minov A.I. "Quloq,tomoq va burun kasalliklari". Tashkent. 1994.
3. Blagoveshenskaya N.S. Klinicheskaya otonevrologiya. M. Meditsina 1988.
4. Soldatov I.B. Rukovodstvo po otolaringologii. Moskva. Medisna 1994.
5. Bazarov V.G., V.I.Babyak Klinicheskaya vestibulologiya. Sang-Peterburg 1996.
6. Dadamuxamedov A., Mirzarasulov M. Bolalar otorinolaringologiyasi. Toshkent. Ibn-Sino. 1999.
7. Disability and Discourse Analysis. Jan Grue. University of Oslo, Norway. – 2015. p-51.
Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin