13-ma’ruza: Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi Reja



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#198763
1   2   3   4
13-ma\'ruza surdo

YOT JISM KIRISHI


Quloqqa yot jism kirishi tez-tez uchrab turadigan holat. Bundan nafaqat quloqlariga turli kichik jismlar, o’yinchoq qismlarini tiqadigan bolalar, balki quloqlarni o’tkir narsalar (gugurt cho’pi, tish tozalagich va hokazo) bilan ehtiyotkorsiz tozalash, quloq og’rig’ini uy sharoitida davolash uchun doka, paxta va oziq-ovqat mahsulotlarini kirituvchi kattalar ham aziyat chekadi. Eshitish kanaligan jarohatlar yoki favqulodda hodisalar tufayli hasharotlar yoki kichik narsalar kirib qolishi mumkin.
Agar eshitish a’zosiga yot narsalar kirganidan shubha qilinsa, muammoni mustaqil hal qilishga urinmaslik kerak: bu eshitish yo’lining jarohatlanishiga olib kelishi mumkin. Noto’g’ri harakatlari amalga oshirib, jismni yanada ichkariga itarib yuborish va shu bilan vaziyatni keskinlashtirish mumkin. Quloqqa yot jism kirganida shifokor yordami — yagona ishonchli yo’l!

QULOQ KASALLIKLARI


Og’riq hissi to’g’ridan-to’g’ri quloq kasalliklar tomonidan chaqirilgan bo’lishi mumkin. Ular orasida otit, evstaxiit, o’smalar mavjud.
Otit — quloqdagi infektsion tabiatli yallig’lanish, otorinolaringologga murojaat qilish soni bo’yicha lor-organlari kasalliklari orasida yetakchi hisoblanadi. Kasallik sabablari yuqori nafas yo’llarining oxirigacha davolanmagan infektsion kasalliklari (tonzillit, faringit, laringit, gaymorit), rinit, burun to’sig’ining deformatsiyalari, quloq chig’anog’ining shikastlanishi, quloqni begona narsalar bilan tozalashdan keyin unga suv yoki infektsiya kirishi hisoblanadi.

Inson eshitish a’zosi tashqi, o’rta va ichki quloqdan iborat. Shunga mos ravishda, tashqi, o’rta va ichki otit ajratiladi.
Otit haqida batafsil→
Agar yallig’lanishga shubha mavjud bo’lsa, mustaqil davolanish tavsiya etilmaydi: noto’g’ri belgilangan davolash yoki oxirigacha davolanmagan holat jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Evstaxiit — eshitish organini burun-halqum bilan bog’laydigan evstaxiy (eshitish) nayining yallig’lanishi. Evstaxiy nayi tovushlarni yaxshiroq ushlash va o’rta quloqni burun-halqum orqali ventilyatsiya qilish uchun kerak. Malakali otorinolaringolog shifokorning yordami bilan, evstaxiit tufayli yuzaga kelgan quloq og’rig’ini davolash tezkor bo’lib, bir necha kun ichida bemorning ahvoli yaxshilanadi.

Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin