73
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar.
Suyuq metall sathni o‘lchashda istiqbolli usul - radioto‘lqinli
usuldir. Elektromagnit to‘lqinlarining tebranish parametrlarini suyuqlik sathiga bog‘liqligiga
asoslangan sath o‘lchagichlar
radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar
deb ataladi.
Radioto‘lqinli usullarga radiolokatsion, radiointerferension, endovibratorli va rezonansli usullar
kiradi.
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlarning ishlashi elektromagnit to‘lqinlarning
elektr va magnit
xossalari bilan farq qiladigan muhitlarning chegarasidan qaytishi hodisasiga asoslangan.
Elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi
v
muhitning dielektrikligi
ε
va magnit
o‘tkazuvchanligi
μ
qiymatlari bilan topiladi:
C
v
, (22)
bu erda, C – vakuumda yorug‘lik tezligi.
Sath o‘lchagich sxemasi (14-rasm) nur tarqatgich 1, elektromagnit energiyasi qabul qilgichi 2 va
vaqt oralig‘ini o‘lchash qurilmasi 3 dan iborat. Sath qiymati
h
nur tarqatgich signalni jo‘natish
payti
bilan qaytgan signal qabul qilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. Bu
kattaliklar ushbu munosabat bilan bog‘langan.
C
h
H
)
(
2
. (23)
Odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi (agar suyuqlik elektr
o‘tkazmaydigan bo‘lsa, lokatsiya prinsip jihatidan suyuqlik orqali ham amalga oshirilishi mumkin).
Lokatsiyaning gaz (havo) orqali olib borilishi ma’qulroq, chunki nur tarqatgichlar suyuqlik ta’siriga
berilmaydi,
bundan tashqari, gazlarning magnit va dielektrik o‘tkazuvchanligi katta emas va amalda
gazning parametrlari o‘zgarishiga va xossalariga bog‘liq emas. Bu sath o‘lchagich ko‘rsatishlarining
amalda suyuqlik xossalariga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Bunday sath o‘lchagichlarning
kamchiligi
kichik vaqt oralig‘ini aniq o‘lchash qiyinligidir, ular nurlanish doirasida
turgan boshqa predmetlarga
g‘oyat sezgir. Suyuq metallarning sath o‘lchagichlari 200 mm gacha o‘lchash diapazoniga ega,
o‘lchashnin asosiy xatoligi ±2 %.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish.
–Toshkent: O‘qituvchi, 2011. -576b.
2.
Farzane N.G. i dr. Texnologicheskie izmereniya i priborы. –M.: Vыsshaya shkola. 1989.
3.
YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. –Toshkent:
O‘qituvchi. 1997.
4.
YUsupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov YU.SH. Avtomatika va nazorat o‘lchov
asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. –T.: Iqtisod-moliya, 2010.