69
ELEKTR SATH O‘LCHAGICHLAR
Elektr sath o‘lchagichlarda
suyuqlik sathning holati biror elektr signalga o‘zgartiriladi.
Elektr
sath o‘lchagichlar orasida eng ko‘p tarqalgani sig‘imli va aktiv qarshiliklarning o‘zgarishiga muvofiq
o‘lchashga acoclangan asboblardir.
Suyuqlik sathining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda elektrodlar orasidagi elektr sig‘im
o‘zgarishiga asoslangan asbob
sig‘imli sath o‘lchagich
deb ataladi. Bunda,
suyuqlikning dielektrik
xususiyatlari nazorat qilinadi. Suyuqlik sathini sig‘imli sath o‘lchagich yordamida o‘lchashning
prinsipial sxemasi 9-rasmda ko‘rsatilgan. Bu o‘lchagich silindrik kondensator va o‘lchash asbobidan
iborat. Sath o‘lchanishi kerak bo‘lgan suyuqlik quyilgan idishga izolyatsion material bilan qoplapgan
elektrod 2 tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik
kondensatorni hosil qiladi,
uning sig‘imi suyuqlik sathi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Sig‘imning kattaligi elektron kuchaytirgich 3
orqali kuchaytirilib, signalizator yoki o‘lchash asbobi 4 ga uzatiladi.
Sig‘imli sath balandlik o‘lchagichlarni silindrik va plastinkali turda,
shuningdek, qattiq sterjen
ko‘rinishida chiqariladi.
O‘zgartkichning sig‘imi ikki qism sig‘imi - suyuqlikka botirilgan
ε
s
dielektrik o‘tkazuvchanlikli
va
muhitda joylashgan
ε
M
(havo uchun
ε
M
=1) dielektrik o‘tkazuvchanlikli qismlar sig‘imlari
yig‘indisiga teng.
Silindrik o‘zgartkichning sig‘imi (9- rasm, b) quyidagicha ifodalanadi:
d
D
h
H
h
d
D
h
H
d
D
h
C
C
C
M
c
М
с
h
H
h
lg
)
(
24
.
0
lg
)
(
24
.
0
lg
24
.
0
(18)
bu erda, h – sathning o‘lchanayotgan balandligi, sm; H – idish balandligi, sm; D va d – o‘zgartkich
naychalarining tashqi va ichki diametrlari, sm; C – silindrik o‘zgartkichning sig‘imi, pF.
Agressiv, lekin elektr tokini o‘tkazmaydigan suyuqliklar sathini o‘lchashda o‘zgartkich
qoplamalari kimyoviy turg‘un qotishmalardan tayyorlanadi yoki har bir
qoplama korroziyaga qarshi
modda (viniplast yoki ftoroplast) bilan qoplanadi. Bu qoplamalarning dielektrik xususiyatlari
hisoblashlarda e’tiborga olinadi. Elektr o‘tkazadigan suyuqliklar sathini o‘lchashda
ham qoplamalar
izolyatsion modda bilan qoplanadi.
Elektr sig‘imi, odatda, rezonans va ko‘prik sxemalari yordamida o‘lchanadi. Rezonans usulida
o‘lchanayotgan sig‘im induktivlik konturiga parallel ulanadi va rezonans konturini hosil qiladi.
Rezonans konturi o‘zgartkichning ma’lum boshlang‘ich
sig‘imdagi ta’minlovchi chastota rezonansiga rostlanadi.
O‘zgartkichning sig‘imi nazorat
qilinayotgan muhit kerakli
sathga erishgan yoki erishmaganligini ko‘rsatadi. Bu sig‘im
o‘zgarishi natijasida uning chastotasi o‘zgaradi va rezonans
buziladi. Bu usul ko‘pchilik sig‘imli
sath signalizatorlarida
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: