70
Ko‘prik usulida nazorat qilinayotgan sig‘im ko‘prikning bir elkasiga ulanadi. Sath o‘zgarishi
bilan sig‘im o‘zgaradi va ko‘prikda nomuvozanat holat vujudga keladi. Nomuvozanatlik signali
kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan ko‘rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi.
Ko‘prikli sxemalar eng sodda hisoblanadi. Sath o‘lchashni elektron indikatori (EI) ning (10-
rasm) sxemasi bunga misol bo‘la oladn. Ko‘prik T
r
transformatorning ikkita ikkilamchi chulg‘ami I va
II o‘zgartkichni sig‘imi C
o‘z
va qo‘shimcha kondensator C dan iborat. Ko‘prik suyuqlikning nol sathida
muvozanatlashgan, bu erda kuchaytirgichning kirishi va chiqishida signal nolga teng. Sath ortishi bilan
C
o‘z
sig‘imi ortadi, ko‘prik nomuvozanatligi ortadi va kuchaytirgich kirishidagi
kuchlanish ortib
boradi. Bu signal kuchaytirgich eK bilan kuchaytiriladi, unifikasiyalangan signalga o‘zgartiriladi va
ikkilamchi asbob O‘A bilan o‘lchanadi, eI sath o‘lchagichlarining o‘lchash chegaralari o‘zgartkich
turiga bog‘liq va 1 dan 20 m gacha o‘zgarishi mumkin: yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi 1
dan 2,5 % gacha bo‘lishi mumkin.
Sig‘imli sath o‘lchagichlar
arzonligi, u bilan ishlashning soddaligi,
idishda birlamchi
o‘zgartkichni o‘rnatish qulayligi, harakatlanuvchi elementlarining yo‘qligi, haroratlarning
(kriogenligidan +200 °C gacha) va bosimlarning (6 MPa gacha) etarlicha keng oralig‘ida foydalanish
mumkinligi sababli keng tarqalgan. Ularning kamchiliklariga qovushqoq (1
Pas dan ortiq dinamik
qovushqoqlikkacha), parda hosil qiluvchi, kristallanuvchi va cho‘kma hosil
qiluvchi suyuqliklarning
sathni o‘lchashga yaramasligini,
shuningdek, suyuqlikning elektr
xossalarining o‘zgarishiga va birlamchi o‘zgartkichni o‘lchash asbobi
bilan ulaydigan kabel sig‘imi o‘zgarishiga g‘oyat
sezgirligini kiritish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: