13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari



Yüklə 189,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix24.12.2023
ölçüsü189,15 Kb.
#192289
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
sath

7 –rasm

Bosim ostida (berk idishda) 
suyuqlik sathini difmanometr bilan
 
o‘lchash sxemasi 
8-rasm

Pezometrik sath 
o‘lchagichning
 prinsipial sxemasi
 


69 
ELEKTR SATH O‘LCHAGICHLAR 
 
Elektr sath o‘lchagichlarda
suyuqlik sathning holati biror elektr signalga o‘zgartiriladi. Elektr 
sath o‘lchagichlar orasida eng ko‘p tarqalgani sig‘imli va aktiv qarshiliklarning o‘zgarishiga muvofiq 
o‘lchashga acoclangan asboblardir. 
Suyuqlik sathining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda elektrodlar orasidagi elektr sig‘im 
o‘zgarishiga asoslangan asbob 
sig‘imli sath o‘lchagich
deb ataladi. Bunda, suyuqlikning dielektrik 
xususiyatlari nazorat qilinadi. Suyuqlik sathini sig‘imli sath o‘lchagich yordamida o‘lchashning 
prinsipial sxemasi 9-rasmda ko‘rsatilgan. Bu o‘lchagich silindrik kondensator va o‘lchash asbobidan 
iborat. Sath o‘lchanishi kerak bo‘lgan suyuqlik quyilgan idishga izolyatsion material bilan qoplapgan 
elektrod 2 tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik kondensatorni hosil qiladi
uning sig‘imi suyuqlik sathi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Sig‘imning kattaligi elektron kuchaytirgich 3 
orqali kuchaytirilib, signalizator yoki o‘lchash asbobi 4 ga uzatiladi. 
Sig‘imli sath balandlik o‘lchagichlarni silindrik va plastinkali turda, shuningdek, qattiq sterjen 
ko‘rinishida chiqariladi. 
O‘zgartkichning sig‘imi ikki qism sig‘imi - suyuqlikka botirilgan 
ε
s
dielektrik o‘tkazuvchanlikli 
va muhitda joylashgan 
ε
M
(havo uchun 
ε
M
=1) dielektrik o‘tkazuvchanlikli qismlar sig‘imlari 
yig‘indisiga teng. 
Silindrik o‘zgartkichning sig‘imi (9- rasm, b) quyidagicha ifodalanadi: 
































d
D
h
H
h
d
D
h
H
d
D
h
C
C
C
M
c
М
с
h
H
h
lg
)
(
24
.
0
lg
)
(
24
.
0
lg
24
.
0




(18) 
bu erda, h – sathning o‘lchanayotgan balandligi, sm; H – idish balandligi, sm; D va d – o‘zgartkich 
naychalarining tashqi va ichki diametrlari, sm; C – silindrik o‘zgartkichning sig‘imi, pF. 
Agressiv, lekin elektr tokini o‘tkazmaydigan suyuqliklar sathini o‘lchashda o‘zgartkich 
qoplamalari kimyoviy turg‘un qotishmalardan tayyorlanadi yoki har bir qoplama korroziyaga qarshi 
modda (viniplast yoki ftoroplast) bilan qoplanadi. Bu qoplamalarning dielektrik xususiyatlari 
hisoblashlarda e’tiborga olinadi. Elektr o‘tkazadigan suyuqliklar sathini o‘lchashda ham qoplamalar 
izolyatsion modda bilan qoplanadi. 
Elektr sig‘imi, odatda, rezonans va ko‘prik sxemalari yordamida o‘lchanadi. Rezonans usulida 
o‘lchanayotgan sig‘im induktivlik konturiga parallel ulanadi va rezonans konturini hosil qiladi. 
Rezonans konturi o‘zgartkichning ma’lum boshlang‘ich 
sig‘imdagi ta’minlovchi chastota rezonansiga rostlanadi. 
O‘zgartkichning sig‘imi nazorat qilinayotgan muhit kerakli 
sathga erishgan yoki erishmaganligini ko‘rsatadi. Bu sig‘im 
o‘zgarishi natijasida uning chastotasi o‘zgaradi va rezonans 
buziladi. Bu usul ko‘pchilik sig‘imli sath signalizatorlarida 
ishlatiladi. 

Yüklə 189,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin