13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari



Yüklə 189,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix24.12.2023
ölçüsü189,15 Kb.
#192289
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
sath



63 
13-Ma’ruza: 
SATHNI O’LCHASH USULLARI VA ASBOBLARI

 
Reja: 
1.
Vizual sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
 
2.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
 
3.
Gidrostatik sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
 
4.
Elektrik sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
 
5.
Ulьtrtovushli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
 
6.
Radioizotopli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi.
 
 
ASOSIY MA’LUMOTLAR. 
Sath
deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki 
sochiluvchan jismlar bilan to‘ldirilish balandligiga aytiladi. 
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot texnologik apparatning 
ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur 
hisoblanadi. Sath o‘lchash vositalari 
sath o‘lchagichlar
deb ataladi. 
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda 
muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik 
jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. 
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar 
uzluksiz
va 
uzlukli (releli)
bo‘ladi. Releli sath 
o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka etganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya 
maqsadida ishlatiladi va 
sath signalizatori
deyiladi. 
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni 
o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, 
usti ochiq (atmosfera bosimi) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan 
idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo. 
Sathni nazorat qilish asboblari 
shkalali
va 
shkalasiz
bo‘ladi. SHkalasiz asboblar, odatda, 
ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi. 
1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan.


Yüklə 189,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin