QALQOVICHLI SATH O‘LCHAGICHLAR Bu asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi.
Asbobning sezgir elementi – qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi (2-rasmda) va suyuqlik sathi
balandligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga
muvofiq, qalqovich og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi.
Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi
r 0
ga teng
bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi,
uning suyuqlikka botishini oshiradi. Bu ikki kuchga qarshi yo‘nalgan, qalqovichni yuqoriga
ko‘taradigan kuch F ni quyidagicha hisoblash mumkin:
x dx x S g V g x F 0
0
0
)
(
)
(
)
(
(1)
bu erda, ρ 0 – suyuqlik ustidagi muhit zichligi; g – og‘irlik kuchi tezlanishi; V – qalqovichning hajmi; ρ – qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi; x – qalqovich botgan qismning balandligi; S – qalqovichning ko‘ndalang kesim yuzi. Agar qalqovichning ko‘ndalang kesimi
S balandligi
h bo‘yicha
o‘zgarmas bo‘lsa,
x S g g S F
)
(
0
0
(2)
Suyuqlik ustidagi muhit gaz yoki havo bo‘lsa, ρ
0
=0 va bu
holda
dx x S g F x )
(
0
(3)
Qalqovichning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lsa
x S g F
(4)
Qalqovichli sath o‘lchagichlarda doimiy va davriy cho‘kadigan (buykli) qalqovichlar ishlatiladi.
Doimiy cho‘kadigan qalqovichni sath o‘lchagichlarda qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan
muvozanatlovchi kuch qalqovich og‘irligiga teng va o‘zgarmas bo‘ladi;